Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:16

O‘zbek qo‘shiqchilariga chet el qo‘shig‘ini o‘zbekcha aytish taqiqlandi


«O‘zbekkonsert» ma’muriyati va teleradiiolar qoshidagi badiiy kengashlar chet el qo‘shig‘iga o‘zbekcha so‘z qo‘yib aytiladigan qo‘shiqlar efirga qo‘yilmasligi va internetga yuklanmasligi borasida qo‘shiqchilarga dushanba kuni ogohlantirish bergan.

O‘zbek shou biznesi haqida yozadigan toshkentlik jurnalistning 27 iyun kuni Ozodlikka aytishicha¸ bunday taqiq O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi¸ yozuvchi Xayriddin Sultonovga oid:

- Bundan buyog‘iga turkcha eroncha¸ moldavan¸ arab qo‘shiqlarini so‘zini o‘zbekcha qilib kuylanmasin¸ deb Xayriddin Sultonovning yordamchisi shaxsan uning nomidan «O‘zbekkonsert» rahbari Azamat Haydarovga va teleradiokanallar rahbarlariga topshiriq bergan¸ deydi mahalliy jurnalist.

Unga ko‘ra¸ bu taqiqning chet el qo‘shiqlarini original tilida aytilishiga aloqasi yo‘q:

- "Katyusha" qo‘shig‘ini ruscha ijro qilish mumkin¸ lekin bu ashula o‘zbekcha aytilsa¸ efirga qo‘yilmaydi. Masalan ¸Mohim degan qo‘shiqchining turkiyalik xonanda Ayla Chelikning “Bag‘dod” nomli qo‘shig‘ini o‘zbekchasiga xonandadan ruxsat olmasdan kuylagani tanqid qilindi.

Bahrom Nazarov esa ozarbayjon tilidagi “Pari-pari”qo‘shig‘ini o‘bekcha qilib kuylagan. Bu qo‘shiqlar hozir radio va telekanallardan olib tashlandi¸ deydi suhbatdosh.

Ayni kunlarda O‘zbekiston telekanallarida chet el qo‘shiqlariga o‘zbekcha matn qo‘yib kuylagan qo‘shiqchilarni tanqid qiluvchi lavha va suhbatlar efirga uzatilmoqda.

Xususan¸ o‘tgan hafta "O‘zbekiston" telekanali uyushtirgan davra suhbatida chet el qo‘shig‘ini o‘zbekcha aytayotgan xonandalar «fosh» qilindi.

Ko‘rsatuvda qatnashgan O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Jo‘raqul Shukurov to‘ylarda ijro qilinayotgan qo‘shiqlarning 90 foiziga turkcha va arabcha kuy ustiga o‘zbekcha matn qo‘yilganini yozg‘irdi:

- Bunga chek qo‘ymasak¸ milliy fojia yuz berib¸ 5000 yillik tarixga ega o‘zbek musiqasidan judo bo‘lamiz va millatning musiqiy didi tarbiyadan judo bo‘ladi¸ deb ta’kidladi bu suhbatda Shukurov.

Ayni dasturda ishtirok qilgan O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va qo‘shiqchi Manzura ham «chet el kuylari o‘rniga o‘zbek kuyini ishlatish" zarurligini urg‘ulashdi.

Joriy oy boshidagi «O‘zbekkonsert»dagi yig‘ilishda O‘zbekiston Xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov ham «chet eldagi mualliflardan so‘ramasdan¸ kuyini o‘g‘irlab¸ matnini o‘zbekcha qilib qo‘shiq aytish» tajribasini qoralab gapirgan edi.

Ayni majlisda O‘zbekiston prezidenti devonidan kelgan mulozim qo‘shiqchilar uchun marhum xonanda Botir Zokirov namuna bo‘lishini urg‘ulagan.

Mulozim ta’kidiga ko‘ra¸ Zokirov arabcha qo‘shiqni arab tilida¸ frantsuzcha qo‘shiqni frantsuz tilida¸ ruscha qo‘shiqni rus tilida qoyilmaqom kuylagan; o‘zbekcha kuylaganida esa matn tanlashga diqqatli bo‘lgan¸talaffuzi ham chiroyli bo‘lgan.

- Bugungi qo‘shiqchilar buning tom teskarisi. O‘zbekcha tekstni ruscha talaffuz bilan kuylaydi. Na bir ma’no va na did bor bularda¸ degan mulozim¸ misol tariqasida Munisa Rizaevaning «Sakramento»¸ Dilfuza Ismoilovaning «Kel qardoshim» qo‘shiqlarini tanqid qilgan.

Botir Zokirov ijro qilgan qo‘shiqlar bastakori¸ taniqli san’atkor Dilorom Saydaminova Ozodlik bilan suhbatda hukumat cheklovini qo‘llashini aytadi:

- O‘rinli deb bilaman bu cheklovni. Muallifdan so‘ramasdan¸ kuy ustiga olib bo‘g‘ini to‘g‘ri kelgan almoyi- jalmoyi so‘zlarni aytish professionallik emas. Albatta¸ bir vaqtlar yaxshi ma’noda¸ bunday tajriba bo‘lgan. Masalan¸ «Maftuninngman» filmidagi qo‘shiqlar o‘zbek va rus tilida ijro qilingan. Buni bastakorning o‘zi professional tarzda yaratgan. Mazmun buzilmagan. Bugungi o‘zbek qo‘shiqchilarining «ijodi» esa professionallikdan uzoq. Ilgari biz buni havaskorlik deb atardik¸ deydi bastakor.

Бастакор Дилором Саидаминова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:02 0:00

Qo‘shiq - asosiy muammo emas

O‘zbekistonlik munaqqid va blogger Akmal Rizaev bu cheklashni absurd deb atadi:

- Davlatning butun resurslari chet el kuyiga o‘zbekcha matn qo‘ygan gunohkorni fosh qilishga qaratilgani absurd holatdir. Menga ma’lum bo‘lishicha¸ Aloqa va axborotlashtirish qo‘mitasiga o‘zlaricha YouTubega qo‘shiq yuklayotganlarni qidirib topib, bloklash buyurilgan. TVdagi tok shoularni ko‘rsangiz, O‘zbekistonning butun fojiasi qo‘shiqchining saviyasi past ijodiga borib taqaladi. Ular nazarida qo‘shiq ko‘ngil ochish vositasi emas¸ balki masjiddagi amri-ma’rufdek odamlarni tarbiyalashi kerakmish. Mening nazarimda¸ bu psevdo patriotizim va musiqiy estetikani tushinmaslikdan boshqa narsa emas va jamiyatimizning asosiy problemasi ham emas¸ deydi munaqqid.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG