Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:31

O‘zbekistonda go‘sht qimmatlagani sabab odamlar uni gramlab olmoqda


O‘zbekistonlik sotuvchi va xaridorlarga ko‘ra, mamlakatda mol va qo‘y go‘shti bir oy ichida 20 foizga qimmatlagan. 1 kilosi 28 ming so‘mdan sotilgan mol go‘shti shu kunlarda 33-38 ming so‘mdan sotilmoqda. Supermarketlarda esa narxlar bundan xam baland. Qassoblar mol va qo‘y go‘shti narxi oshishini yem-xashakning qimmatlashgani bilan izohlaydilar.

So‘nggi haftalarda poytaxt Toshkentda go‘sht qimmatlashi ortidan viloyatlarda ham bu maxsulot narxi keskin ko‘tarila boshladi.

- Go‘sht bir haftada sakkiz ming so‘mga ko‘tarildi. Bozorda suyakli go‘sht 33 ming so‘m, suyaksiz go‘sht 38 ming so‘mdan oshib ketdi”, - deydi Andijonning Asaka tumanida yashovchi nafaqaxo‘r.

Supermarketlarda esa suyakli go‘sht undan ham qimmat.

Toshkentda esa go‘shtning qimmatlashishi bir oy oldin boshlangandi.

- “Korzina” supermarketida 38 mingdan oshdi, agar suyaksiz go‘sht olaman desangiz undan ham qimmat. Shuning uchun bir chimdimdan gramlab olyapmiz. Boshqa ilojimiz yo‘q,- deydi toshkentlik pensioner Mastura opa.

O‘zbekistonlik go‘sht va go‘sht maxsulotlari bilan savdo qiladigan tadbirkor Bunyodbek go‘sht narxi ko‘tarilishining asosiy sababini chorva yem-xashagining qimmatlashib ketganligi bilan izohlaydi.

- Qassoblardan go‘sht narxi oshishining sababini so‘rasangiz, qoramol kamayib ketgan deydi. Ozuqa narxi qimmatlashib ketganini aytishadi. Sho‘lxa, kunjara masalasi juda qiyin. Dag‘al xashak ham bu yil kamyob bo‘lgan. Agar janubiy viloyatlardan mol kelishi kamaysa bizda go‘sht yana ko‘tariladi, - deydi Bunyodbek.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:55 0:00
Бевосита линк

Kuzatuvchilar fikricha, go‘sht narxining oshishiga ichki omillar, ya’ni so‘m qadrining dollarga nisbatan keskin tushib ketgani ham sabab bo‘lgan.

- Hozir “qora bozor”da bir AQSh dollari 8 yarim ming so‘m. Dollar qimmatlasa go‘shtni narxi oldingiday turmaydiku. Go‘sht Qozog‘istondan, Qirg‘izistondan olib kelinsa dollarda qimmatga tushadi. Bir kilo go‘sht sal kam 5 dollar bo‘lyapti hozir. Dollarga solishtirganda bu ko‘p emasdek ko‘rinadi. Lekin, odamlar oylikni so‘mda oladi. Shuning uchun o‘rtacha 500 ming so‘m oylik oladiganlar qinalib qolmoqda, - deydi andijonlik tadbirkor.

Ilgari mahalliy hokimiyatlar bir necha bor go‘sht narxini tartibga solishga urinishgan.

Narx-navoni tushirish uchun bozorlarga ko‘chma rastalar olib kelib, arzon go‘sht sotishni yo‘lga qo‘ygan.

Lekin bunday ma’muriy yondashuv shu paytgacha natija bermagan.

XS
SM
MD
LG