Линклар

Gallup markazi e’lon qilgan “Global pozitivlik indeksi”da O‘zbekiston aholisi dunëdagi eng pozitiv millatlar beshligiga kirdi.

Paragvay¸ Kosta Rika¸ Panama kabi Lotin Amerikasidagi mamlakatlar aholisi global ro‘yxatning birinchi uch o‘rniga qo‘yilgan bo‘lsa¸ o‘zbekistonliklar Filippindan so‘ng beshinchi pog‘onani egalladi.

Ijtimoiy so‘rov xulosasiga ko‘ra¸ greklar asablari eng toliqqan¸ eronliklar esa¸ eng darg‘azab millat bo‘lib chiqdi.

O‘zbekistonliklar postsovet hududidagi eng pozitiv deb topilgan bo‘lsa¸ Ukraina¸ Litva¸ Ozarbayjon¸ Gruziya va Belarus¸ indeks tubidagi o‘nlikdan o‘rin oldi.

Mazkur xulosa 2016 yil davomida dunëning 142 davlatida 149 ming odam bilan o‘tkazilgan suhbatlar asosida chiqarilgan.

Gallup markazi voyaga etganlardan:

Kecha yaxshi dam oldingizmi?

Kecha kun bo‘yi sizga hurmat bilan muomalada bo‘lishdimi?

Kecha yaxshilab kuldingizmi¸ juda bo‘lmasa jilmaydingizmi?

Kecha biror qiziq narsa o‘rganib¸ biror qiziq ish qildingizmi?

Kecha biror narsadan mazza qildingizmi? degan savollarni so‘ragan va bu savolga eng ko‘p tasdiq javobi berganlar dunëdagi eng pozitiv xalqlar ro‘yxati tepasidan joy olgan.

Joriy yil ​BMT, Gallup ijtimoiy so‘rov markazi hamda AQShdagi Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari hozirlagan hisobot xulosasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston postsovet hududidagi eng baxtiyor mamlakat bo‘lib chiqqan edi.

20 mart - Butunjahon Baxtiyorlik kunida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra¸ o‘zbekistonliklar baxtiërlik bo‘yicha 155 mamlakat aholisi orasida 47-o‘ringa qo‘yildi.

Hisobotga ko‘ra¸ hatto¸ millionlab o‘zbekistonlik ish izlab borgan Rossiya aholisi ham baxtiyorlik bo‘yicha ulardan ikki pog‘ona pastroqda bo‘lib chiqdi.

XS
SM
MD
LG