Линклар

“O‘zbekistonga kelgan mehmon xalqning farovon yashayotganidan hayron qoladi”


"Ijtimoiy fikr" so‘rov markazi sotsiologi Marat Hojimuhammedov.

Sarlavhaga chiqarilgan fikrni O‘zbekistondagi “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi yetakchi sotsiologi Marat Hojimuhammedov Gallup tadqiqot instituti e’lon qilgan “Global pozitivlik indeksi”dagi O‘zbekiston aholisiga oid ko‘rsatkichlarni sharhlayotib bildirdi.

Faqat O‘zbekistonda tinchligu boshqa mamlakatlarning barchasida urushmi?

Faqat o‘zbekistonliklarning uyi boru boshqa mamlakatlar aholisi ko‘chada yashayaptimi?

Faqat o‘zbekistonliklarning o‘g‘il-qizi o‘qiydiyu boshqa mamlakatlar aholisi o‘g‘il-qizi oliygohlarda o‘qish baxtidan mahrummi?

Bular suhbatdoshimizning dastlabki fikrlari tug‘dirgan savollardir.

Suhbat davomida, albatta, boshqa savollar ham o‘rtaga tashlandi.

Masalan, nima uchun ukrainlar pozitiv emasu o‘zbeklar pozitiv?

Nima uchun forslar darg‘azabu o‘zbeklar doim kulib turadi?...

XS
SM
MD
LG