Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:15

Novorossiyskda o‘zbek muhojiri cho‘kayotgan bolani qutqardi, o‘zi dengizga g‘arq bo‘ldi


11 iyul kuni Rossiyaning Novorossiysk shahrida suvga cho‘kib ketgan 21 yashar O‘zbekiston vatandoshi jasadi topildi. Tergov qo‘mitasida o‘zbek muhojiri dengiz to‘lqinlari tortib ketgan 12 yashar bolani qutqarib qolgani, ammo o‘zi suvdan chiqa olmaganini bildirishdi.

Falokat 2017 yilning 10 iyulida Krasnodar viloyati Novorossiysk shahridagi cho‘milish uchun taqiqlangan Sujuk burni yaqinida sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonlik muhojir o‘limi yuzasidan tergovni olib borayotgan Novorossiysk shahar Tergov Qo‘mitasi katta tergovchisi Dmitriy Kirichenko Ozodlikka hodisa tafsilotlarini so‘zlab berdi.

U 1996 va 1997 yilda tug‘ilgan ikki o‘zbekistonlik quruvchi 12 yoshli bola hamrohligida burun bo‘ylab qumloq sayozlikdan usha yerda joylashgan orolchaga o‘tmoqchi bo‘lganini gapiradi:

- Bu yigitlar O‘zbekistondan ishlagani kelgan. Ular betonchi bo‘lib ishlab kelishgan – ichmaydi, chekmaydi, juda ajoyib mehnatkash yigitlar. Shu atrofda ketayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishida ishlagan, yotoqxonada turgan. Men hujjatlarini tekshirdim - qayd qog‘ozi, mehnat shartnomasi, sug‘urta hujjatlari joy-joyida. Ish kuni tugaganidan keyin ular cho‘milishga chiqqan va o‘zlari bilan 12 yashar mahalliy oshpazning o‘g‘ilchasini olgan. Ular avvaliga shahar plyajida cho‘milgan, keyin negadir xavfli Sujuk burni tomon yo‘l olgan va orolga o‘tgan, deydi tergovchi.

Yigitlar orolga o‘tib, tomosha qilib turgan vaqtda qattiq shamol ko‘tarilgan va ortga qaytishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi.

“Orqaga qaytayotganda katta to‘lqin 12 yashar bolani dengizga tortib ketgan”, deya davom etadi Tergov qo‘mitasi vakili.

- 1996 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik yigitimiz juda baquvvat bo‘lgan, sport bilan shug‘ullangan ekan. U suvga tushib bolani qutqarib qoldi, ammo o‘zi dengizda g‘arq bo‘ldi. Bu hodisa taxminan kechki 6-7larda sodir bo‘ldi. Men boshchiligimda operativ guruh darhol hodisa joyiga yetib bordik va uni qidirishga tushdik. Biz qutqaruvchilar ishini tashkillashtirdik. Ammo, qattiq shamol va to‘lqinlar hamda tushgan qorong‘uda qidiruv ishlarini keyingi kunga qoldirishga majbur bo‘ldik. Tong saharlab, ertalabki 5larda, “Kubanspas” tashkiloti qutqaruvchilari yana ish boshladi va jasadni soat 6:45larda 5 metr chuqurlikda aniqladi, dedi Dmitriy Kirichenko.

Suhbatdosh o‘lgan yigitning yaqinlaridan Novorossiyskda amakisi borligi, otasi yo‘qligini bildirdi. U o‘zbekistonlikning onasi haligacha uning o‘limidan bexabar ekanini inobatga olib, yigitning ismini oshkor qilmaslikni so‘radi.

Tergovchi bilan suhbatdan nobud bo‘lgan muhojir yigit Qashqadaryodan bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.

Dmitriy Kirichenko hozirda jasad shahar morgiga ekspertiza uchun jo‘natilgani va sud-tibbiy xulosa chiqarilsa, O‘zbekistonga yuborilishini ma’lum qildi.

Qutqarilgan oshpazning o‘g‘li hozirda reanimatsiyada ekani va uning sog‘ligi xatar ostida emasligi aytildi.

Терговчи Дмитрий Кириченко билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:03 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Novorossiysk shahrida o‘zbeklar asosan qurilish ishlarida ishlashini aniqladi.

Sujuk burni yaqinidagi qurilishlardan birida ishlovchi Dilshodbek oldinroq ham muhojir bir yigit mahalliy kishini qutqarib qolganini Ozodlik bilan suhbatda esladi.

- Muhojirlar asosan qurilishda ishlaydi. Taksichilar ham ko‘p edi, ammo qonun chiqqanidan keyin taksichilik to‘xtadi. Sement zavodi kabi inshootlarda kunbayiga o‘zbek muhojirlari ishlaydi. Novorossiyskda asosan katta qurilishda ishlaydi biznikilar. Bir oycha bo‘lib qoldi cho‘milish sezoni olchilganiga, odam to‘la plyajda. Qurilishlar asosan dengiz bo‘yida bo‘lgani uchun ishchilar kechki salqinda cho‘milishga tushadi. Belgilab qo‘ygan xavfsiz joyi bor – qolgan joyi chuqur rosa. Yaqinda o‘zimizni sheriklarimizdan biri cho‘kib ketayotgan odamni qutqarib olganini eshitgan edim, dedi Dilshodbek.

XS
SM
MD
LG