Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:29

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun migratsiya markazlari tashkil etiladi


O‘zbekistonlik muhojirlar uylariga pul jo‘natish uchun bankda navbatda turibdi.
O‘zbekistonlik muhojirlar uylariga pul jo‘natish uchun bankda navbatda turibdi.

Yaqin bir yil ichida o‘zbekistonliklar eng ko‘p yashayotgan mamlakatlarda O‘zbekiston migratsiya xizmatlarining vakolatxonalari tashkil etilishi kutilmoqda. Xorij mamlakatlarida tashkil etiladigan migratsiya markazlarining vazifasi mazkur mamlakatda yashayotgan o‘zbekistonliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ishlash uchun ruxsatnoma olish jarayonini osonlashtirishdan iborat bo‘ladi.

Prezident rasmiy saytida 12 iyul kuni ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar vazirligining migratsiya jarayonlari va vatandoshlikni rasmiylashtirish yo‘nalishidagi faoliyatini yanada takomillashtirsh nazarda tutilgan qarorni 11 iyulda imzoladi.

Qarorda prezident Ichki ishlar vazirligi mazkur yo‘nalishda tez orada amalga oshirishi shart bo‘lgan 7ta vazifani belgilab berdi. Qarorda aytilishicha, bu vazifalar “Ichki ishlar vazirligi amalga oshirish shart bo‘lgan eng muhim” yo‘nalishlardir.

Qarorga binoan Ichki ishlar vazirligi migratsiya va vatandoshlikni rasmiylashtirishga mutassaddi bo‘limlarning ish olib borish tartibini, o‘z vazifasini sidqidildan bajarmagan xodimlarning javobgarligi masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqishi, aholini pasport bilan ta’minlash, siyosiy boshpana berish, vatandoshlikka qabul qilish yoki chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etishi, bu sohadagi korrputsiyaga barham berish choralarini ishlab chiqishi hamda boshqa davlatlar tajribasini o‘rganishi kerak.

“Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 2018 yilning 1 mayidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan, biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha propiska berishni... osonlashtiruvchi elektron tizmni ishlab chiqib, ishga tushirishi zarur”, deyiladi prezident qarorida.

Shavkta Mirziyoev qarorda o‘zbekistonliklar eng ko‘p yashayotgan davlatlarda migratsiya tuzilmalarining vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida ham ko‘rsatma bergan.

Xorijda migratsiya markazlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tmoionidan 2018 yilning 1 fevraligacha hukumatga taqdim etilishi lozim.

Xorij mamlakatlarida tashkil etiladigan migratsiya markazlarining vazifasi mazkur mamlakatda yashayotgan o‘zbekistonliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ishlash uchun ruxsatnoma olish jarayonini osonlashtirishdan iborat bo‘lishi ta’kidlangan hujjatda, bu markazlar qachon va qaysi davlatlarda tashkil etilishi aniq belgilanmagan.

Qarorga binoan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga bir oy ichida chet elga chiqish pasporti joriy etish uchun aniq takliflar ishlab chiqish ham topshirildi.

Ozodlik radiosi avvalgi eshittirishida O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun maxsus pasport joriy qilinishi to‘g‘risida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG