Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:30

O‘zAro ko‘chirmachilik: Karimovning o‘rniga Mirziyoev yoziladi - "yangi maqola" tayyor!


O‘zbekistonning asosiy xabar manbasi, O‘zA milliy axborot agentligi mamlakat prezidenti suratlariga “Photoshop” yordamida “ishlov berishi”ytetmaganiday, davlat rahbari haqidagi avvalgi maqolalarini faqat familiyani o‘zgartirib, "yangi maqola yaratishni" o‘ziga kasb qilib olgan, deyiladi "Nastoyashchee Vremya" telekanali tayyorlagan maqolada.

Ikki yil ichida mamlakatda ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. Islom Karimov vafot etib, o‘rnini sobiq bosh vazir Shavkat Mirziyoev egalladi. Lekin O‘zA hamon o‘sha-o‘sha: maqolalarda faqat ismni o‘zgartirib, eski qolipda yozgani-yozgan.

– Jurnalistlik mas’uliyati yo‘q. Ular, odamlar bunga e’tibor qilmaydi, deb o‘ylaydi. O‘zlaricha haq – o‘quvchi chindan ham zerikarli, ko‘pincha sovet qoliplariga solingan qaytariq maqolalarni o‘qimaydi, – deydi «Ozodlik» radiosi O‘zbek xizmati muxbiri Sirojiddin Tolibov.

O‘zAdagilarning telefon orqali javob bergisi kelmadi va agentlikka yozma ravishda murojaat qilishni maslahat berdi. Savol tuzib, 29 iyunda jo‘natilgan xatga 8 iyulda ham javob kelmadi.

“Nastoyashchee Vremya» nashri O‘zAning ayrim qismlar takror-takror ishlatilgan maqolalarini yig‘ib, quyidagi turkumni tayyorladi. Siz ham bir o‘qib ko‘ring-a:

1. Safarlar haqida

​Birinchi matn agentlik saytida 2014 yil oktyabrida e’lon qilingan va Islom Karimovning Toshkentdagi yangi qurilgan “Minor” masjidiga borgani haqidadir.

Ikkinchi material oradan ikki yarim yil o‘tib yozilgan va Shavkat Mirziyovning poytaxtdagi Suzuk ota maqbarasi va masjidini ziyorat qilgani haqida hikoya qiladi.

2. Bag‘rikenglik haqida

Ikki maqola bir yarim yillik farq bilan yozilgan. Ularning bir umumiy jihati bor: ikkalasida ham O‘zbekistondagi ko‘pmadaniyatlilik va bag‘rikenglik ko‘klarga ko‘tarib maqtaladi. Birinchi maqolada bu “Islom Karimovning dono raharligi”natijasi, ikkinchisida esa “Shavkat Mirziyoevning muvaffaqiyati” ekani aytiladi.

3. O‘qituvchilar haqida

​Voqealar takrorlanib turgandan keyin yangi maqola yozish haqida bosh qotirishning nima keragi bor? O‘zbek o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasi haqidagi maqolalar o‘rtasida bir yarim yil farq bor. Lekin matnda prezidentlar o‘zgartirilgan, xolos.

4. Yana safarlar haqida

​Mana bu yuqoridagi maqolalar o‘rtasidagi farq esa – uch yil. Birinchi maqola –Islom Karimovning Farg‘ona viloyatiga safari va «iqtisodiyotning izchil rivojlanayotgani» haqida. Ikkinchisida Shavkat Mirziyoevning Sirdaryoga safari va ushbu viloyatda «iqtisodiyot rivojlanishining barqaror qadamlari» tilga olinadi.

5. Bayram haqida

​Birinchi maqola O‘zA saytida 2014 yili, ikkinchisi esa oradan uch yilcha o‘tib chop qilingan. Ularda Toshkentda Navro‘z bayrami qanday nishonlanishi haqida hikoya qilinadi. Ushbu kopipastaning (inglizcha copy and paste (nusxa ko‘chiring va qo‘ying) so‘zlaridan yasalgan) boshqa maqolalardan farqi shuki, unda ikkinchi maqola muallifi ayrim so‘z va iboralarni ma’nodosh so‘zlar bilan almashtirgan.

– O‘zA o‘z maqolalaridan, OAV esa O‘zA maqolalaridan nusxa ko‘chiradi. Shu sababli aksariyat o‘zbek gazetalari va saytlaridagi rasmiy xabarlar bir-birini takrorlaydi va zerikarli. «Barqaror rivojlanish» va «paxta terish rejasini o‘z vaqtida bajarish» haqida o‘qish hech kimni qiziqtirmaydi, – deydi«Ozodlik» radiosi muxbiri Sirojiddin Tolibov.

Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lgach, O‘zbekiston OAVda ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. Ba’zi telekanallar oldin taqiqlangan (ammo mamlakat oliy rahbariyatiga tegib ketmaydigan) mavzularda munozara qilishga jur’at eta boshladi. O‘zbek media-bozoriga Britaniyaning radioeshittirish korporatsiyasi (Bi-Bi-Si) qaytmoqda. U 2005 yilgi Andijon voqealaridan so‘ng O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan edi.

– Yangi prezidentinng sa’y-harakatlari yaxshi taassurot qoldirmoqda, biroq o‘zbek OAVda haqiqiy o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida gapirishga hali erta, – dedi Tolibov.

XS
SM
MD
LG