Линклар

OzodNazar eshittirishining bugungi mehmoni, o‘zbekistonlik shifokor-blogger Qanot Odil chet elga chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbek vatandoshlarida xorijda tan olingan biometrik pasport bo‘laturib yana maxsus pasport chiqarish mantiqsiz qadam ekani, chiqish vizasi bekor qilinib, o‘rniga xorijiy pasportlarning iste’molga kiritilishi bilan hech narsa o‘zgarmasligi, qolaversa bu o‘zbek vatandoshlari, o‘zbek soliq to‘lovchilari gardaniga tushadigan ortiqcha harajat bo‘lishini aytdi.

O‘zbekiston prezidenti qaroriga ko‘ra, bir oy ichida chet elga chiqish pasportini joriy etish uchun takliflar ishlab chiqiladi. Hozircha yangi tartib qachondan yo‘lga qo‘yilishi ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG