Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:45

Andijonda sinfdoshi pichoqlab qo‘ygan kollej o‘quvchisi kasalxonada jon berdi


Andijondagi Qishloq xo‘jalik kollejining ikki bitiruvchisi pichoqlashgani oqibatida, ulardan biri 11 iyul kuni kasalxonada jon berdi. Bu fojea Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchisi kaltaklab o‘ldirilishi bilan bog‘liq janjal hovuri bosilmay turib yuz berdi.

Andijondagi qotillik guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 2 iyul kuni Andijon shahrida Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji bitiruvchilari janjallashgan va biri ikkinchisiga pichoq bilan tan jarohati etkazgan. 11 iyul kuni 19 yoshli Sultonmurod Otabek o‘g‘li Sultonov pichoq zarbidan olgan jarohati oqibatida kasalxonada olamdan o‘tgan.

Andijonning Forobiy mahallasida yashovchi voqea guvohlaridan biri Ozodlikka kollej talabalari o‘rtasida kelib chiqqan janjal pichoqlashish bilan yakunlanganini aytdi.

- Muhbillo Sultonmurodga otamni haqoratlading, kechirim so‘ra, degan, u so‘ramagan. Keyin Muhbillo Sultonmurodni belining chap qismiga pichoq sanchgan. Zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borilib jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga qaramasdan Sultonmurodning hayoti saqlab qolinmadi. Shifoxonada joni uzildi, - dedi marhumning mahalladoshi.

Ayni paytda marhumning yaqinlari Ozodlikka Sultonmurodni pichoqlagan Muhbilloning ota-onalari uni ruhiy nosog‘lom bo‘lgani haqidagi ma’lumotni to‘plashga tushganini aytishdi.

-Otasini haqoratlagani haqidagi cho‘pchakni o‘ylab topishgan. Endi ruhiy kasallar shifoxonasidan unga spravka tayyorlashmoqchi ekan. Qotilni ota-onalari juda baquvvat odamlar, - dedi marhumning ismi sir qolishini istagan qarindoshi.

Andijonlik talabalardan birining Ozodlikka aytishicha¸ kollejlarda o‘quvchilar o‘rtasidagi janjallar odatiy xoldir

- Yaqinda bizning Axborot texnologiyalari kollejida bir yigitni kursdoshlari urdi, kasalxonaga tushdi. Kollej rahbariyati bu gap tashqariga chiqmasin, deb ishni bosti-bosti qildi, - dedi talaba.

Bundan avval Ozodlik Namangan shaharida may oyida 50dan oshiq kollej o‘quvchisi bezorilik¸ zo‘ravonlik va talonchilikda ayblanib, ularning ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqda xabar bergan edi.

3 may kuni Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining o‘quvchisi Jasur Ibrohimov o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan, 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi.

Mazkur qotillik ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lishi ortidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bu ish bilan bog‘liq tergovni shaxsan nazoratiga olishini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG