Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:12

Mirziyoev doriga oid kuzgi qarori oqibatlarini bartaraf etish uchun yangi qaror imzoladi


O‘zbekiston prezidenti 17 iyul kuni «Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Shavkat Mirziyoev bundan qariyb 9 oy muqaddam, 2016 yilning 31 oktabrida ham xuddi shu sohaga oid qaror qabul qilgan va so‘nggi oylarda mamlakat farmatsevtika bozorida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari taqchilligi yuzaga kelgan edi.

Qaror "jiddiy xato va kamchiliklar"ni tan olishdan boshlandi

Prezidentning dori ta’minotiga oid yangi qarori yuzaga kelgan vaziyat tahlilidan boshlangan va unda “bir qator jiddiy xato va kamchiliklar” sanab o‘tilgan.

Shavkat Mirziyoevga ko‘ra, eng birinchi kamchilik budir:

ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish muddatlari sun’iy kechiktirilmoqda, import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillar ichki bozorda taqchillikni paydo qilmoqda.

Mirziyoev vaziyatni qanday o‘nglamoqchi?

Qarorda sanab o‘tilgan “muammolarni bartaraf etish, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida” prezident 2017 yil 1 avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish huquqini istisno tariqasida “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasiga berdi.

“O‘zmedeksport” tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlaydigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshiradi.

31 oktabrdagi qarorda bunday edi:

“...ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har bir nomdagi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilanadigan kvotalar doirasida mamlakatimizda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan ulgurji va ulgurji-chakana kompaniyalar o‘rtasida tender o‘tkazish asosida amalga oshirilishi belgilansin”.

31oktabrdagi qarorda mana bu me’yor ham bor edi:

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga ro‘yxatga kiritilgan import dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish uchun tender savdolari o‘tkazish vazifasi yuklansin”.

Yangi qarorda aptekachilar uchun yangilik bor

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 yanvarga qadar dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangilangan talablardan kelib chiqqan holda dorixonalarning amaldagi litsenziyalari qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin”.

Yangi qarorda iste’molchilar uchun ham yangilik mavjud

Qarorda “bir oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etish” nazarda tutilgan.

Qarorga og‘ishmay amal qilinadigan bo‘lsa, bundan buyon dorilar faqat retsept asosida sotiladi.

Yangi qaror imzolanishi arafasidagi vaziyat

Shavkat Mirziyoev 2016 yilning 31 oktabrida imzolagan "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror 2017 yilning 7 martidan kuchga kirgan va oradan ko‘p o‘tmay, mamlakatda 227 turdagi import dori-darmon vositalari taqchilligi yuzaga chiqqan, Ozodlik bu haqda bir necha material tayyorlagan.

17 iyuldagi qaror ortidan Toshkentdagi dorixonalardan birining egasi bilan suhbatlashdik. U ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar haqida gapirarkan, bunday dedi:

“Unday dorilar aptekalarning 10 foizidagina bor, deya olaman. Tanish-bilishi bor, gapi o‘tadigan kuchli aptekachilarda bor, xolos. Ko‘pchilikda yo‘q”, dedi aptekachi.

Uning aytishicha, o‘sha 10 foizni tashkil qiluvchi dorixonalar ijtimoiy dorilarni¸ chindan ham¸ davlat belgilab qo‘ygan narxlarda sotayapti, biroq ularning egalari ijtimoiy dorilardan ko‘rayotgan zararini boshqa dorilarni qimmatlatish orqali qoplayapti.

Yangi qaror dori taqchilligiga barham beradimi?

Kunning eng asosiy savoli bo‘lgan bu savolni “RigandFarmsintez” qo‘shma korxonasi bosh direktori, kimyo fanlari doktori, professor Rustam Nuriddinovga berdik.

31 oktabrdan keyin mamlakat farmatsevtika bozorida yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib kelayotgani, bu sohadagi takliflarini mamlakat prezidentidan tortib, vazirlik va idoralargacha yetkazishga uringani to‘g‘risida aytgan professor kechagi qarorni sharhlar ekan, savolimizga bunday javob berdi:

“Dorilar paydo bo‘ladi. Lekin yetarli bo‘lmaydi. Ehtiyojga yarasha dorining maksimum 50 foizini sotib olishga byudjet imkoniyati bo‘lsa kerak. Axir, O‘zbekistonning farmatsevtika bozori - 1 milliard dollarlik ulkan bozor”, dedi professor Nuriddinov.

Профессор Нуриддинов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:06 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG