Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:38

Tramp ma’muriyati Eron yadroviy kelishuvni bajarayotganini tan oldi


AQSh ma’muriyati Eron 2015 yilgi yadroviy dastur bo‘yicha erishilgan xalqaro kelishuv shartlariga amal qilayotganini tan oldi va bu dastur tufayli joriy etilgan sanksiyalarning asta-sekin yumshay boshlaganini tasdiqladi. Ayni paytda Eronga qarshi ballistik raketalar, tezsuzar kemalar va boshqa masalalar yuzasidan sanksiyalarni kuchaytirish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.

17 iyul kuni Tramp prezidentlikka kirishgandan beri uning ma’muriyati ikkinchi marta Eron kelishuvga amal qilayotganini tan oldi. 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida Donald Tramp Eron bilan erishilgan xalqaro kelishuvni «tarixda erishilgan eng yomon bitim» deb atagan va prezidentlikka kelsa¸ uni yirtib tashlashni va’da qilgan edi.

Prezident ma’muriyati Tehronning rasmiy Vashington va yana besh davlat bilan erishilgan bitim shartlarini bajarayotganini tan olish barobarida¸ uni kelishuv «ruhi»ga zid ish qilayoganlikda, ya’ni ballistik raketalar va tezyurar qayiqlarni ishlab chiqarib, sinayotganlikda aybladi. Ma’muriyat vakillari fikricha, buning uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi kerak.

Bundan tashqari, ma’muriyat Eronni inson huquqlari buzish, Isroilga qarshi terrorchilikni qo‘llab-quvvatlanayotganlik, AQSh vatandoshlarini qamoqqa tashlanayotgani va Fors ko‘rfazida navigatsiya erkinligiga daxl qilayotganlikda ayblamoqda.

– Eron AQSh manfaatlari va mintaqa xavfsizligiga eng xavfli tahdid bo‘lib qolmoqda, – dedi ismini oshqor qilishni istamagan ma’muriyat vakili. Uning fikricha, ma’muriyat Eronning yadro dasturini cheklovchi bitimni kuchaytirish yo‘llarini qidirmoqda. Bundan maqsad ushbu mamlakatning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini kafolatlash va bitimga rioya etilishini qat’iyroq nazorat qilishdir.

Ushbu bayonot e’lon qilinishidan oldin Eron tashqi ishlar vaziri Tramp prezidentlik lavozimini egallagandan beri uning Eronga munosabatini tushunish ustida bosh qotirayotganini bildirdi :

- Biz ziddiyatli signallar olayapmiz va ularni qanday tushunishni ham bilmayapmiz, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Nьyu-York shahridagi Tashqi aloqalar kengashida.

Zarif, Qo‘shma Shtatlar bir-biriga zid bayonotlar berayotgan paytda «Eron yadro dasturiga jiddiy qaramoqda» va u bilan bog‘liq sanksiyalar bekor qilinishi evaziga zimmasiga olgan cheklovlarga amal qilishni davom etttiradi, deb aytdi.

Tashqi ishlar vaziri, "hali Davlat kotibi Reks Tillerson bilan gaplashganim yo‘q, u AQShning Eronga nisbatan siyosatini keng miqyosda qayta ko‘rib chiqmoqda, men bunga qarshi emasman", dedi:

- Men bilan kotib Tillerson o‘rtasida aloqa yo‘q. Lekin bu aloqa bo‘lmasligi kerakligini anglatmaydi. Uchrashuv imkoniyatlari… har doim ochiq bo‘lgan, dedi Tehron diplomatlari rahbari jumladan.

Yadro quroliga ega mamlakatlar Xitoy, Rossiya, Fransiya, Britaniya va Qo‘shma Shtatlar¸ shuningdek Germaniya joriy yilning 21 iyul kuni Venada Eronning yadro dasturiga oid bitimni tanqidiy baholash maqsadida uchrashadi.

Zarif uchrashuvda Tehron tomonining Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaganiga oid da’vosi ham muhokama qilinishini aytdi. Aslida ushbu bitim Qo‘shma Shtatlar zimmasiga Eronga qarshi yadro dasturiga daxli bo‘lmagan sanktsiyalarni bekor qilishni yuklamaydi.

Ammo Zarifning aytishicha, Tramp ma’muriyatining Eronga qarshi yadro dasturiga bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni qo‘llashga harakat qilayotgani «Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi dushmanligi hech qachon tugamaydi, degan tasavvur uyg‘otadi».

AQSh Senati yaqinda Eronga qarshi yadro dasturiga bog‘liq bo‘lmagan sanktsiyalarni kuchaytirish to‘g‘risida qonun qabul qildi.

Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi sanksiyalarini bekor qilmayotganini ushbu mamlakatning yadroviy kallaklar tashuvchi ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazayotgani va ularning Isroilga etib borishi mumkinligi bilan izohladi. Eron esa buni rad etmoqda.

Zarif ushbu raketalar Eronning o‘zini himoya qilishga qaratilganini bildirdi. U, Eron raketalarini AQSh Saudiya Arabistoniga etkazib berishi kutilayotgan qurol-yarog‘ bilan solishtirish mumkinmi, deya istehzo qildi.

AQSh prezidentining Saudiya Arabistoniga qilgan ilk safari chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha 110 milliard dollarlik shartnoma imzolangan edi.

XS
SM
MD
LG