Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:06

Hofiz Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami nishonlandi


O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovnimng bu surati ilk bora e’lon qilinmoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovnimng bu surati ilk bora e’lon qilinmoqda.

Birvarkayiga to‘rt respublikaning xalq artisti Komiljon Otaniyozovning tavallud kuni O‘zbekistonda ilk bor davlat miqyosida nishonlanmoqda. O‘zbek ashulachiligida Ozarbayjon torini urf qilgan hofiz Komiljon Otaniyozov tug‘ilgan kunga 21 iyul kuni 100 yil to‘ldi.

Bu sana munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti rasmiy tabrik yo‘lladi:

“Madaniy hayotimizdagi ulkan voqea – xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami bilan siz, azizlarni, atoqli san’atkorimizning avlodlarini, shogirdlari va ming-minglab muxlislarini, bugungi anjumanga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarimizni, bag‘rikeng, yuksak ma’naviyatli Xorazm elini samimiy muborakbod etaman”, deb boshlanadi O‘zbekiston prezidentining O‘zA agentligi e’lon qilgan tabriknomasi.

Davlat rahbari Komiljon Otaniyozovningo‘zbek musiqa san’atiga qo‘shgan hissasini “buyuk”, deb baholadi.

Bu sana arafasida Toshkentdagi “Turkiston” saroyida Komiljon Otaniyozov ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan taniqli hofiz tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan adabiy­-musiqiy tadbirda qatnashgan filolog olim Masharip Saparovning aytishicha¸ tadbir katta musiqa bayramiga aylanib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov ochib bergan bu tadbirda musiqashunos olim Otanazar Matyoqubov va boshqa san’atkorlar qo‘shiqchi ijodiy merosi haqida gapirgan.

Karimov iqtidori davrida hofizning 80 va 90 yillik yubileylari o‘tkazilmagan va uning Urganch shahridagi haykali yiqitib tashlangan edi. Bundan tashqari Otaniyozov ismi musiqa bilim yurti va filarmoniyadan olib tashlangan edi.

“Mahtumquli g‘azallari Komiljon Otaniyozov ijrosida” degan monografiya muallifi¸ filolog olim Masharip Saparovning aytishicha¸ hofizni eslash tadbiri yangi rahbariyat tashabbusi bilan amalga oshgan.

Hofizning 100 yillik yubiley tantanalarini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Prezidentning o‘tgan yil noyabrida viloyat saylovchilari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda qabul qilingan edi.

Komiljonimni yod etsam

Ozodlikning “Chodirhayol” dasturida Komiljon Otaniyozov ijod yo‘liga uni tanigan va bilganlar bilan suhbat asosida nigoh tashladik.

Комилжон Отаниëзовнинг 100 йиллиги нишонланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:01 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon Ozodlik bilan suhbatda Komiljon Otaniyozovni tog‘ cho‘qqisiga o‘xshatdi

- Xorazmda tog‘lar yo‘q deyishadi¸ men esa tog‘lar bor deb aytaman. Faqat bu tog‘lar odam qiyofasida zohir bo‘lgan. Ogahiy¸ Munis kabi shoirlar Hojixon¸ Komiljon kabi hofizlar Xorazmning tog‘laridir¸ degan shoir Ozodlik bilan suhbatda hofizga atab yozgan she’ridan parcha o‘qidi:

- Ruhimga bir sado kelur Komiljonimni yod etsam

Dilga nurli navo kelur Komiljonimni yod etsam

Qadim dengiz Orol to‘lar¸ Sir¸ Jayhunga hayol to‘lar

To‘lin bo‘lar¸ hilol to‘lar Komiljonimni yod etsam

Dillarda bor sog‘inch ziyo¸ ishq bois aylanur dunyo

Shu bir nomda ming hikmat jo ¸Komiljonimni yod etsam...

XS
SM
MD
LG