Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:33

Shavkat Mirziyoev 60 yoshda


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 iyulda 60 yoshini nishonlamoqda. Islom Karimov vafotidan so‘ng 2016 yil 8 sentabrdan muvaqqat prezident bo‘lgan va 4 dekabr kuni o‘tgan saylovda prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyovni tabriklashni va madhiyalar aytishni ayrim o‘zbekistonliklar dushanbaga o‘tar kechasiyoq boshlab yubordilar.

Президент Шавкат Мирзиёев 60 ёшда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:33 0:00
Бевосита линк

Ijtimoiy tarmoqlardagi maddohlik

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik foydalanuvchilar prezidentni qutlab, unga bag‘ishlab she’rlar ham yozmoqdalar.

Masalan, Murodjon Rahmonov ismli feysbuk foydalanuvchisi o‘z sahifasida:

"Ey ulug xalk otasi, ey buyuk padar,

Sizga mangu xurmatu e’zoz yarashar!

Siz yoshlik chogingizdan bugunga kadar

-Adolat, poklik uchun kurashgan raxbar,

Mamlakatni yashnatgan, gullatgan raxbar", deb yozdi.

Bu kabi she’rlar, tabrik suratlari, fotosuratlar va videolarni 24 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida yuzlab uchratish mumkin bo‘ldi.

Ayni paytda bu kabi maddohlik satrlariga norozilik bildirgan o‘zbeklar ham bor.

Masalan, Javlon Mirzo: “Islomaka o‘lmaganmidi?! Yoki tirildimikina boshqa tanada?! Shaxanshoxga ming tashakkur, boshlar egildi, )))) xullas gap yo‘q”, deb yozsa, Abduraxim Ishtixoniy: "Esiz mana shunday saroy shoirlari yurtni buzadi", deb fikr qoldirgan.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim o‘zbekistonliklar bildirgan fikrlarni esa quyida tinglang:

Huquq faoli Shuxrat Rustamov Shavkat Mirziyoevni tabriklamasligini aytdi. Rustamovga ko‘ra, u Mirziyoev Bosh vazir bo‘lib turganida unga inson huquqlariga oid 800dan ortiq ariza kiritgan, lekin birortasiga ham javob ololmagan. Shuhrat Rustamov Mirziyoevni 2014 yilda inson huquqlarini buzayotganlikda ayblab sudga bergan edi.

Шуҳрат Рустамов: Мирзиёевни туғилган куни билан табрикламайман
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:39 0:00
Бевосита линк

Muhayyo Odilova o‘z oilasi haq-huquqlari tiklanishi uchun 2014 - 2015 yillarda prezident saroyi va Oliy Majlis binolari oldida qator piketlarni o‘tkazgan 74 yoshli Rahbarxon Odilovaning qizi. U prezidenti 60 yoshi bilan tabirklar ekan, uning onasi bildirgan talablarning bir qismi Mirziyoev prezident bo‘lganidan so‘ng bajarilganini aytdi. Ularning oilasi huquqlari bira-to‘la tiklanishidan umidvor bo‘lib qolmoqda.

Муҳаё Одилова: Мирзиёев президент бўлгач ҳуқуқимиз қисман тикланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:29 0:00
Бевосита линк

Rahbarxon Odilova o‘zi va uning ikki qizi Qo‘qonda korrupsiya va amaldorlarning noqonuniy harakatlariga qarshi chiqqanlari uchun nohaq qamalganlarini iddao qilib keladilar.

So‘hlik o‘qituvchi Farhod (familiyasini aytishni istamadi) prezidentni qutlar ekan, Mirziyoev ko‘rsatmasi bilan Farg‘ona davlat universitetida tojik tili guruhi tashkil etilganiga minnatdorchilik bildirdi.

Фарход: Мирзиёев халқлар дўстлигини мустаҳкамламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:33 0:00
Бевосита линк

Sergelida yoshlar Mirziyovni tabriklab, aksiya o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidentini tabriklash tadbirlari nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, balki joy-joylarda ha"o‘ziga hos tarzda" nishonlanayotgani haqida mulohaza.uz sayti ham xabar berdi.

"60 yoshni qarshi olgan davlatimiz rahbariga bir qator yoshlar tomonidan ajoyib sovg‘a tayyorlandi.

Sergeli tumaniga to‘plangan yoshlar «60 yoshingiz bilan tabriklaymiz” yozuvini jonli tarzda tashkil etishgan", deb yozadi nashr.

Prezidentning qisqacha rasmiy tarjimai holi

Shavkat Mirziyoev 1957 yilning 24 iyulida Jizzax viloyati Zomin tumanida shifokor oilasida tavallud topgan.

Mirziyoev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘lning otasi, besh nafar nabiraning bobosi ekani aytiladi. Tarjimai holda qayd etilishicha, prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoevning rafiqasi Z.M. Hoshimova ayni paytda uy bekasidir, biroq u muhandis-iqtisodchi mutaxasisligiga ega.

Mirziyoevning o‘zi esa 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgani, muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega ekani bildirilgan. Rasmiy tarjimai holda aytilishcha, Mirziyoev texnika fanlari nomzodi, dotsent unvoniga ega. Shuningdek, Mirziyoevning "Mehnat shuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangani aytilgan.

Mirziyoev 2003 yilda islom Karimov tavsiyasi bilan Oliy Majlis tomonidan O‘zbekston Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlangan. 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis uni qayta bu lavozimga tasdiqlagan edi.

XS
SM
MD
LG