Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:44

Atambaev AQSh o‘zbek va qirg‘izni to‘qnashtirishga harakat qilganiga ishorat etdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev.

Almazbek Atambaev Qirg‘iziston prezidenti sifatida bergan so‘nggi matbuot anjumanida Qo‘shma Shtatlar Qirg‘iziston va O‘zbekistonni urishtirishga harakat qilganiga ishorat qildi.

Атамбаев АҚШ ўзбек ва қирғизни тўқнаштиришга ҳаракат қилганига ишорат этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:16 0:00
Бевосита линк

Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponota shahrida o‘tgan an’anaviy matbuot anjumanida prezident Almazbek Atambaev jurnalistlar savollariga javob berar ekan, AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan olib borgan siyosatini tanqid qildi.

- Agar siz mamlakatdan Amerika bazasini chiqarganimizni hamda bizga amerikaliklar ikkinchi sortdagi odam sifatida qarashlariga ijozat bermayotganimizni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, aytishim mumkinki, menda, ayniqsa, demokratlar hukumronligi davrida Davlat departamenti olib borgan siyosatga nisbatan hech qanday iliq hissiyotlar yo‘q, -dedi Atambaev jurnalistlarning navbatdagi savollaridan biriga javob berar ekan.

Qirg‘iziston prezidenti 2014 yilda AQSh bazasini Qirg‘izistondan chiqarilishiga birinchi galda xavfsizlik masalasi sabab bo‘lganini ta’kidlar ekan, ayrim mamlakatlar Bishkekdagi AQSh samolyotlarini bambordimon qilishi mumkinligi haqida ochiq ogohlantirganini esaladi.

“Bilasizlar, o‘sha paytda AQShning Eron bilan munosabatlari juda keskinlashgan payt edi”, - dedi Atambaev.

Prezidentning iddao qilishicha, Bishkekdagi “Manas” harbiy bazasi mamlakatdan chiqarilganidan so‘ng AQSh O‘zbekistonga 328ta zirhlangan harbiy texnikani sovg‘a qilgan.

-Bu voqealardan ko‘p o‘tmay, marhum Islom Abdug‘anievich Karimov Markaziy Osiyoda suv uchun urushlar bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida bayonot berdi. Esingizdami, bu voqea 2014 yilda bo‘lgan edi. Shundan so‘ng uch oy ichida amerikaliklar Karimov rejimiga 328ta zirhli mashinani topshirdi.Har birining narxi deyarli bir million dollardan edi. Mana sizga demokratiyaning narxi.

O‘shanda men ularga: “Agar siz demokratiya uchun bo‘lsangiz nega 328ta zirhli mashinani demokratiyani himoya qilishimiz uchun bizga bermadingiz?” deb so‘raganman, - deb bildirgan Almazbek Atambaev bundan maqsad qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqini bir –birlari bilan to‘qnashtirish bo‘lgan, deb hisoblashini aytdi.

-Juda dahshatli o‘yin olib borildi qondosh ikki xalqni bir-birlari bilan to‘qnashtirish uchun. Qirg‘iz va o‘zbek bir tug‘ishgan xalq. Bizning o‘zbeklar bilan davlatchiligimiz bir bo‘lgan - bu Qo‘qondan Buxorogacha va Bishkekkagacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan Qo‘qon xonligi edi, -dedi Atambaev.

Qo‘shma Shtatlarning Bishkekdagi elchixonasi hozircha prezident Atambaevning bu bayonotiga rasman munosabat bildirishdan tiyilmoqda.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert Marat Imanqulov prezidentning so‘nggi matbuot anjumaniga munosabat bildirar ekan:

-Biz ikki buyuk davlat - Rossiya va AQSh bilan tenglashib, ular bilan o‘zaro tenglik sharoitida so‘zlashayapmiz, deb ayta olmaymiz. Ular biz bilan maslahatlashib, keyin qaror qabul qilayapti, deb ham ayta olmaymiz. Qirg‘iziston o‘z xavfsizligini yuz foiz darajada kafolatlay olmaydi, shuning uchun ham turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, harbiy tuzilmalarga a’zo bo‘lganmiz. Hozirgi sharoitda, biz xohlaymizmi xohlamaymizmi global chaqiriqlardan o‘zimizni himoya qila olmaymiz va buyuk davlatlar qo‘lloviga muhtojmiz, -dedi Marat Imanqulov.

Almazbek Atambaev Qirg‘iziston prezidenti sifatida o‘zining so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazdi. 2017 yilning 15 oktabrida mamlakatda yangi prezident saylanadi. Qirg‘iziston konstitutsiyasida bir shaxs faqat bir marta 6 yillik muddatga prezidentlikka saylanishi mumkinligi qayd etilgani bois, Atambaev bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida ishtirok eta olmaydi.

XS
SM
MD
LG