Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:05

HRW vakili Stiv Sverdlov: O‘zbek tili judayam yoqimli til


Stiv Sverdlov
Stiv Sverdlov

Inson huquqlari xalqaro Human Rights Watch (HRW) tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganishga kirishdi. U o‘zbek madaniyatiga qiziqishi va nima uchun o‘zbek tilini o‘rganish muhimligini Bishkekda jurnalist Sanjar Eralievga aytib berdi.


- Stiv, to‘g‘risini aytsam, sizning o‘zbekcha bilishingiz menga yangilik bo‘ldi. Qachon va nima sababdan bu tilga qiziqish ortdi?

- O‘zbek tili judayam yoqimli til. Uni o‘rganish oson. Umuman menga o‘zbek madaniyati yoqadi. Urf-odatlarini, hayot tarzini bilishim uchun o‘zbek tilini o‘rganishni lozim deb topdim.

- Qachon boshladingiz o‘zbekcha o‘rganishni?

- Men 1996 yildan 2010 yilgacha Toshkentda ishladim. Odamlar bilan gaplashishim, aloqa qilishim kerak edi. Shuning uchun o‘rgana boshladim va bu til menga juda yoqib qoldi. Umuman olganda, menga O‘zbekiston juda yoqadi. Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy joylarida bo‘ldim. Chiroyli, juda ta’sirlandim. Lekin Farg‘ona vodiysiga borganim yo‘q, albatta bormoqchiman. Men to‘rt yildan beri Bishkekda ishlayapman va bu yerda men uchun o‘zbek tilida gaplashish imkoni yo‘q. Lekin men o‘zbek tilini unutishni istamayman, mukammal bilmoqchiman. Shuning uchun o‘qituvchi izladim va topdim. Hozir astoydil o‘qiyapman.

- To‘rt yildan beri Bishkekda bo‘lsangiz, unda qirg‘iz tilini o‘rganib olgandirsiz?

- Afsuski yo‘q. Chunki, unchalik ehtiyoj sezmadim. Qirg‘izstonda rus tilini bilsangiz, odamlar bilan aloqa qilishda muammo bo‘lmaydi. Men ruscha yaxshi gapirganim uchun qirg‘izcha o‘rganmadim. Lekin O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilish kerak. Sababi, rus tili Toshkentda rol o‘ynashi mumkin, hududlarda odamlar bilan aloqa qilishga o‘zbek tilini bilish zarur, deb o‘layman.

- Siz ishlaydigan tashkilot delegatsiyasiga 7 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga kirishga ruxsat berildi. Safar qachonga rejalashtirilyapti?

- Bilasizmi, bu yangilik juda yoqimli bo‘ldi. O‘zbekiston davlati bilan, hukumati bilan, umuman o‘zbekistonliklar bilan hamkorlikda ishlash biz uchun sharafli. Buning uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdormiz va hamkorlik uzoq davom etadi, deya ishonamiz. Bizning rejaga ko‘ra, Toshkentga shu yilning avgustida bormoqchimiz.

- Human Rights Watch tashkiloti Toshkentda idora ochishi mumkinmi?

- Bu savolga menda hozircha aniq javob yo‘q. Balki muzokaralar davomida bu borada biror yechimga kelarmiz. Agar ochilsa, biz xursand bo‘lamiz.

- O‘zbekistonda yangi davr boshlandi, deb aytilyapti. Siz yangi davrni chindan ham sezyapsizmi?

- Ha, yangi davr boshlandi. Uzoq yillar qamoqda yotgan siyosiy mahbuslarning ozodlikka chiqa boshlashi ko‘p ijobiy o‘zgarishlarga umid paydo qilmoqda. Halqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar buni olqishladi. O‘zgarishlar davom etadi, deb ishonamiz. Chunki, inson huquqlari borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar anchagina.

Human Rights Watch tashkilotining qayta O‘zbekistonga borayotgani, BBC radiosining o‘zbekistonda tahririyati yana qayta tiklanayotgani odamni xursand qiladi.“Ozodlik”, “Amerika ovozi” ham O‘zbekiston ichida ishlay boshlaydi, degan umiddamiz. Biz hamisha halqaro hamkorlik, o‘zaro tushunish va tinchlik tarafdorimiz.

- Inson huquqlari borasida olg‘a jilishlar borligini va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar mavjudligini aytdingiz. Fikringizni dalillasangiz...

- Albatta. Deylik, avval paxta dalalarida bolalar mehnatidan foydalanilardi va xalqaro tashkilotlar buning katta muammo ekanini aytib kelardi. 2013 yildan boshlab bu muammo ozaygani va so‘nggi yillarda hokimiyat bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilayotganini sezyapmiz. Lekin kattalarning mehnatidan majburiy foydalanish kabi misollar bor. Bu ham asta-sekin o‘z echimini topishigi ishonch paydo bo‘ldi. Yaqindan beri so‘z erkinligi borasida o‘zgarishlar bor. Buni biz mahalliy ommaviy axborot vositalari misolida ko‘ryapmiz va bu bizni xursand qilyapti.

- Albatta, biz ham yaxshi tomonga o‘zgarishlarning rivojidan umid qilib qolamiz. Suhbatni yana shaxsiy savol bilan davom ettirmoqchiman. Sizning musiqaga qiziqishingiz haqida ma’lumotim bor. Inson huquqlari borasida ishlab, musiqani tashlab qo‘yganingiz yo‘qmi?

- Musiqani yaxshi ko‘raman. Bo‘sh paytimda pianino chalaman. Ancha-muncha kuylab turaman. O‘zbekiston madaniyatiga qiziqishimni va u menga juda yoqishini aytib o‘tdim. Yulduz Usmonova juda yoqadi. Eshitishimcha, Toshkentda jaz janrida faoliyat yuritganlar bor ekan. Ular bilan uchrashishni, tanishishni istayman. Bishkekda jaz ancha rivojlangan. Qirg‘izston poytaxtida jaz festivalida mening shu yerda tashkil qilgan jaz guruhim ishtirok etdi. Men nafaqat siyosat va inson huquqlarini, balki musiqani ham o‘rganishni istayman.


Stiv Siz tinglovchi uchun ingliz tilida qo‘shiq kuylab berdi, uni quyida tinglashingiz mumkin:

Стив Свердлов Озодлик тингловчилари учун ижро этган қўшиқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:29 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG