Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:12

Xayrulla Hamidovga nisbatan yana bir jinoy ish qo‘zg‘atildi


Xayrulla Hamidov o‘z diniy ma’ruzalari va she’rlari bilan tanilgan
Xayrulla Hamidov o‘z diniy ma’ruzalari va she’rlari bilan tanilgan

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilari taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi 42 yashar Xayrulla Hamidovga nisbatan yangi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ozodlikka boshqarma xodimlaridan biri ma’lum qilgan bu xabarni Xayrulla Hamidovni yaqindan tanigan ikki shaxs tasdiqladi.

Yangi jinoy ish

Ismi sir qolish sharti bilan Ozodlik bilan gaplashgan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimining bildirishicha, Xayrulla Hamidovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 216 moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ushbu modda jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ular faoliyatida qatnashishni nazarda tutadi.

Bu safar ishi ancha yengil, - dedi ichki ishlar xodimi. - Chunki Xayrulla hozirda tergov qilinayotgan jinoiy guruhga u qadar aloqasi yo‘q. Faqatgina yigitlarning taklifi bilan bir-ikki marta ular dam olib turadigan saunaga borgan va ortiqcha, g‘ayrisiyosiy gap-so‘z gapirmagan.

Ichki ishlar xodimining ma’lum qilishicha, diniy guruhga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi bir necha kishi a’zo bo‘lgan va ular yanvar oyida hibsga olingan.

"Ozodlik" Xayrulla Hamidovning o‘zi bilan aloqaga chiqa olmadi.

U telefonini olmayapti.

Lekin jurnalistni yaxshi taniganlarga ko‘ra, Xayrulla Hamidov Toshkent shahar Ichki ishlar bo‘limiga iyul oyining o‘rtalarida tergovga chaqirilgan:

Xayrulla xotirjam yuripti. Ikki haftacha oldin bir chaqirtirib suhbatlashishgan, ikkinchi marta esa hibsga olingan shaxslar bilan yuzlashtirilgan. Suhbat paytida Xayrullaga nisbatan xushmuomala bo‘lishgan va ortiqcha savol-so‘roq qilishmagan,“ – dedi ulardan biri.

Jurnalist yaqinlaridan yana birining ishonishicha, Xayrulla Hamidovning "ishi imi-jimida qolayotganiga avvalo uning o‘z xohishi, hech kimga shikoyat qilmagani, yoki shikoyat qilsa ham, birov eshitishmagani sabab" bo‘lmoqda.

Ichki ishlar xodimi Xayrulla Hamidovning ikkinchi bor ozodlikdan mahrum etilish xavfi yo‘qligini bildirdi.

"Nari borsa, sudda jarima to‘latishadi, bilasizku, bo‘ri yesa ham, yemasa ham og‘zi qon," - deya ishonch bildirdi u.

Ichki ishlar xodimining ilova qilishicha, hozirda tergov ishi yakunlanib, ish sudga oshirilgan.

"Qora ro‘yxat"

Xayrullaning yaqinlariga ko‘ra, unga nisbatan ikkinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilishidan avval uning "oqlanishi" va huquq-tartibot idoralarining maxsus "qora ro‘yxati"dan chiqarilishi kutilgan edi.

Hatto Xayrulla o‘zi yashayotgan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahallada ham maxsus suhbatdan o‘tkazilgan:

"Xayrulla suhbatdan yaxshi o‘tgandi. "Qora ro‘yxat"dan chiqarishlari ham yuz foiz tasdiqlangandi. Lekin, Chilonzor tumani bo‘yicha nazoratdagilar to‘plangan yig‘ilishda Xayrullani hech kim ko‘rmagan, aniqrog‘i, o‘sha sudga topshirilgan ish uning ro‘yxatdan chiqishini orqaga surib yuborgan," - dedi Xayrulla Hamidov tanishlaridan biri.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan tuziladigan "qora ro‘yxat"ga diniy motivlar bilan qamalganlar, taqiqlangan diniy-ekstremistik guruhlarga aloqadorlar, moyillik ko‘rsatganlar yoki adashib qo‘shilib qolgan shaxslar hamda ularning oila a’zolari kiritiladi.

26 iyulda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xodimi nazoratda bo‘lgan shaxslar bilan imomlar va hokimliklar vakillari iyul oyi ichida o‘tkazgan suhbatlar natijasida 4 ming 152 kishi "oqlangan", ya’ni "qora ro‘yxat"dan chiqarilganini aytgan edi.

"Odamlar orasida"

Xayrulla Hamidov 5 yil umrini panjaralar ortida o‘tkazdi
Xayrulla Hamidov 5 yil umrini panjaralar ortida o‘tkazdi

Xayrulla Hamidov o‘z she’r, esse va diniy ma’ruzalari bilan o‘zbekistonliklar orasida yaxshi tanilgan.

2000-yillar oxirida uning audio va video chiqishlari nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi.

Xayrullo Hamidov o‘z chiqishlarida diniy mavzular bilan birga, dolzarb ijtimoiy muammolarni ko‘tarishi bilan ham e’tibor qozondi.

U asos solgan "Odamlar orasida" ro‘znomasi qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda eng ko‘p sotiladigan nashrga aylangan, ammo olti oydan so‘ng turli vajlar bilan yopib qo‘yilgandi.

Xayrulla Hamidov 2010 yilning 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmi bilan "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2015 yil 11 fevralda, amnistiya aktiga muvofiq, ozodlikka chiqarildi.

Xayrulla Hamidovning she’rlari to‘plami 2013 yilda Londonda o‘zbek va ingliz tillarida chop qilingan.

XS
SM
MD
LG