Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 01:49

Moliyaviy piramida qurganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboev ustidan sud boshlandi


Ahmadboy Tursunboev

2 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Toshkent viloyati, Chinoz tumanida moliyaviy piramida qurganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboev ustidan sud jarayoni boshlandi.

Sudning ilk kunida Ahmadboyga pul va mulkini bergan 50 dan oshiq odam sud binosi atrofiga yig‘ildi.

Sud mulozimi Ozodlik bilan suhbatda Tursunboev ustidan mahkama jamoatchilik uchun ochiq o‘tkazilishi va oylab davom etishini aytdi.

- Bugun Ahmadboy sud zaliga olib kelindi va unga rasman ayblov e’lon qilindi. Kelasi haftadan guvohlar ko‘rsatmalari tinglanadi, - dedi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi mulozimi.

Ahmadboy ishi bo‘yicha navbatdagi mahkama eshituvlari 9 avgust kuni o‘tkaziladi.

“Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning muassisi Ahmadboy Tursunboev odamlardan bir yilda ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan katta mablag‘larni noqonuniy ravishda olib kelganlikda ayblanmoqda.

Ahmadboyga tegishli ekanligi aytilayotgan 12 million dollardan ortiq pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Bir yil avval qo‘lga olingan tadbirkor Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent shahridagi vaqtinchalik saqlovchi tergov izolyatorlari ushlab turilibdi.

Xalq orasida Ahmadboy deya tanilgan 38 yoshli tadbirkorga pul bergan va olgan odamlarning soni bir necha o‘n mingdan ko‘p ekani aytiladi.

O‘zini Zarifa deb tanishtirgan ayol Ahmadboyga 6 ming dollardan ortiq mablag‘ bergani va bu bo‘yicha sudda guvohlik berishga tayyorligini aytdi.

-Hozir sud binosi oldida turibmiz. Lekin bugun guvohlarga so‘z berilmas ekan. Kelasi hafta kelasizlar deyishdi. Men pulimni undirib berishlarini suddan so‘rayman, - deydi Zarifa.

Ahmadboy aholidan qimmatbaho taqinchoqlar va avtomashinalarni noqonuniy ravishda qabul qilib olgani bildirilgan.

Lekin, mablag‘larni olishda tadbirkor hech qanday kafolat xati bermagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi mulozimi Ahmadboy chuv tushirgan jabrlanuvchilarning guvohlik ko‘rsatmalari 9 avgust kuni tinglanishini aytdi.

Sud jarayonini Ozodlikda kuzatib boring...

XS
SM
MD
LG