Линклар

15 декабр 2017, Тошкент вақти: 11:10

Prezident Mirziyoev 2 avgust avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Xurshid Mirzohidovni tanqid qilib, ishdan bo‘shatdi.

Xurshid Mirzohidov shu yilning fevralida 12 yil davomida televideniega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jaev o‘rniga rahbar etib tayinlangandi.

30 mart kuni Prezident Mirziyoev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.

Televidenie faoliyatiga to‘xtalgan prezident, tizimni o‘zgartirish kerakligi ta’kidlangan. Bu sohada ahvol «eski hammom, eski tos» bo‘lib qolayotgani aytilgan. «O‘zbekiston» va «Yoshlar» telekanali nomlari tilga olib o‘tilgan.

«Ura-urachilik zamoni o‘tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko‘rsatuvlarni sog‘inib kutishi kerak. «Axborot» ko‘rsatuvini o‘zgartirishimiz kerak», degan prezident.

30 iyun kungi selektor yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Xalq artisti, xushovoz xonanda Ozodbek Nazarbekovni “Yoshlar” telekanaliga Bosh direktor qilib tayinladi.

Prezident bu telekanalni yoshlar hayotini yoritishda sustkashligi uchun tanqid qilgan va O‘zMTRK rahbari Xurshid Mirzohidovga Ozodbek Nazarbekov faoliyatiga ko‘mak berishni buyurdi.

Biroq bir oy o‘tar-o‘tmas Ozodbekov Nazarbekov "Yoshlar" telekanali direktorligidan iste’fo bergan.

XS
SM
MD
LG