Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:43

"Qora ro‘yxat"dan chiqarilgan Xayrulla Hamidov TVga qaytishni niyat qilmoqda


Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi 56 kishi safida jurnalist Xayrulla Hamidov ham nazoratda turuvchilar "qora ro‘yxati"dan chiqarildi. 5 avgust kuni Facebook sahifasida xabar ulashgan jurnalist endi O‘zbekiston televideniesida sport sharhlovchisi bo‘lib ishlay olishiga umid bildirdi. Biroz muqaddam jurnalist ustidan yana bir jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘lgandi. ​

O‘zbekistonda diniy mazmundagi ma’ruza va she’rlari bilan tanilgan 42 yashar jurnalist Xayrulla Hamidov, Kun.uz nashriga bergan intervyusida: "Endi TV rahbariyati qo‘rqmasdan meni ishga chaqirishlari mumkin. Sharhni sog‘inganman", dedi.

Xayrulla Hamidov shu paytga qadar uning "qora ro‘yxat"ga kiritilgani O‘z-TV rahbariyatini cho‘chitib kelgan bo‘lishi mumkinligi va endilikda, bu ro‘yxatdan chiqarilganidan hursandligini bildirdi.

42 yashar jurnalist diniy motivdagi ayblovlar bilan 5 yillik qamoq jazosini o‘tab chiqqach, diniy motivdagi ayblovlarda gumon qilingan nazoratdagi fuqarolar ro‘yxatida saqlanayotgan edi.

Hamidov har oy o‘zi yashaydigan tuman ichki ishlar bo‘limiga borib turishi, shahardan chiqish uchun IIVdan ruxsat olishi, muhimi, har kuni soat 22:00dan 06:00gacha uyda bo‘lishi shart edi.

Bunga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilari taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi 42 yashar Xayrulla Hamidovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 216 moddasi bilan yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atgani ma’lum bo‘lgan edi.

Endilikda o‘ziga nisbatan "qora ro‘yxat" doirasida qo‘yilgan cheklovlardan batamom ozod qilinganini tasdiqlagan jurnalist bafurja suhbatlashishga hozircha fursati yo‘qligini va tez orada barcha savollar, xususan, navbatdagi tergovga doir savollarga ham javob berishini bildirdi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan tuziladigan "qora ro‘yxat"ga diniy motivlar bilan qamalganlar, taqiqlangan diniy-ekstremistik guruhlarga aloqadorlar, moyillik ko‘rsatganlar yoki adashib qo‘shilib qolgan shaxslar hamda ularning oila a’zolari kiritiladi.

26 iyulda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xodimi nazoratda bo‘lgan shaxslar bilan imomlar va hokimliklar vakillari iyul oyi ichida o‘tkazgan suhbatlar natijasida 4 ming 152 kishi "oqlangan", ya’ni "qora ro‘yxat"dan chiqarilganini aytgan edi.

42 yashar jurnalist Xayrulla Hamidov diniy motivdagi ayblovlar bilan 5 yil qamoq jazosini o‘tab chiqqan.

U 2010 yilning 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmi bilan "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 2015 yil 11 fevralda, amnistiya aktiga muvofiq, ozodlikka chiqarilgan.

Soprt sharhlovchisi bo‘lgan Xayrulla Hamidov o‘z she’r, esse va diniy ma’ruzalari bilan ham o‘zbekistonliklar orasida yaxshi tanilgan.

2000-yillar oxirida uning audio va video chiqishlari nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi.

Xayrullo Hamidov o‘z chiqishlarida diniy mavzular bilan birga, dolzarb ijtimoiy muammolarni ko‘tarishi bilan ham e’tibor qozondi.

U asos solgan "Odamlar orasida" ro‘znomasi qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda eng ko‘p sotiladigan nashrga aylangan, ammo olti oydan so‘ng turli vajlar bilan yopib qo‘yilgandi.

Xayrulla Hamidovning she’rlari to‘plami 2013 yilda Londonda o‘zbek va ingliz tillarida chop qilingan.

XS
SM
MD
LG