Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 12:18

Matbuot agentligi rahbari milliy ma’naviyat himoyasi uchun qonunlarni o‘zgartirmoqchi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangrievga Anhor.o‘z sayti muharriri e’tiroz bildirgan edi.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangrievga Anhor.o‘z sayti muharriri e’tiroz bildirgan edi.

- Ommaviy axborot vositalari sohasi tijoratlashmasligi lozim. Bu eng avvalo, foyda ko‘rish va pul topish uchun ko‘ngliga kelgan narsani yozmaslik kerak, har narsaning ham chegarasi bor, deganidir, - deb bayonot berdi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev 8 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Bu haqda xabar qilgan mahalliy nashrlarga ko‘ra, Tangriev bu so‘zlarni o‘zining 4 avgust kungi maqolasini sharhlayotib aytgan.

Bosh direktor maqolasida va uning ortidan Agentlik saytida e’lon qilingan maqolada (bu mavzuni Ozodlik batafsil yoritgan) bir qator OAVlari milliy qadriyatlarni mensimayotganlikda ayblangan edi.

Bosh direktor maqolasi ortidan Anhor.uz sayti bosh muharirri Lola Islomova o‘z saytida Agentlik bosh direktoriga ochiq xat e’lon qildi. Unda jurnalist “Hech bir inson biror shaxs, shaxslar guruhi yoki idora uning nimani bilishi mumkinligi, nimani esa, bilishga haqqi yo‘qligini belgilashiga hech qachon rozi bo‘lmaydi”, - deb yozdi.

Kechagi matbuot anjumanida “ommaviy axborot vositalari sohasi tijoratlashmasligi lozim”, degan agentlik rahbari o‘z fikrini mana bunday davom ettirgan:

“Lekin biz qonunni buzmaymiz, tadbirkorlar faoliyatiga aralashishga bizning haqqimiz yo‘q”.

Bu gapni aytgan Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangrievning aytishicha, u boshqarayotgan Agentlik Adliya vazirligi bilan hamkorlikda OAVlariga oid qonunlarga o‘zgartishlar kiritish ustida ishlamoqda.

Laziz Tangrievning fikricha, bugungi kunda mamalakatdagi bosma nashrlar talablarni muntazam ravishda buzib, milliy ma’naviyatga ziyon etkazmoqda, deb xabar qildi mahalliy nashrlar.

XS
SM
MD
LG