Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:57

“Salla ol, desa, kalla oladigan” mulozimlar Mirziyoevga dushmanmi?"


Uzbek banner - Round-table
Uzbek banner - Round-table

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan 9 avgustdagi majlisda oddiy xalqning tashvish va muammolariga e’tibor bermayotgan rahbarlar tanqid qilindi. Hukumat majlisida ilk bor hududlardagi haqiqiy vaziyat tasvirga olingan videfilm namoyish etildi.

Videofilm namoyishidan keyin prezident Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovni o‘z so‘zlarini yaxshi anglamaslikda aybladi.

«Bitta gap aytgandim, shahar hokimi keyingi kuni shahardagi hamma restoranni yoptiribdi. Bu menga qilgan do‘stligimi? «Mirziyoev aytdi, hammayoqni yopish kerak, to‘y bo‘lmaydi» dermish. Avval tizim qil, tartib qil. Yoningga kallasi ishlaydigan odamlarni yig‘sang bo‘lmaydimi?Odamlar og‘zida gap yuribdi. «Nima emish, Mirziyoev to‘yni yopish kerak, deganmish».

Men, to‘yxonalarni yopish kerak, demadim, to‘ylarni tartibga keltirish kerak, dedim. Deputatlar va mahallalar raislari ko‘rib chiqib, qo‘l qo‘yib, shahar kengashiga tasdiqlatib, elga bildirib, odamlarga o‘qitib, keyin joriy qilish kerak. Usmonovga o‘xshaganlar borib bir kunda qaror chiqarvoradi. O‘zi o‘qimagan ham. Bunday do‘stdan o‘nta dushman yaxshiku. Usmonov shahar hokimi bo‘lsa, boshqa dushman kerak emas menga", degan prezident.

Ozodlikning Qurultoy dasturida “Salla ol, desa, kalla oladigan” mulozimlar Mirziëvga dushmanmi? degan savol javobini o‘rgandik.

Fransiyada istiqomat qilayotgan huquq himoyachisi Tolib Yoqubovga ko‘ra, «Mulozimlarni shafqatsiz tanqid qilayotgan Mirziyoev o‘ziga qarshi dushman yaratmoqda.» Yoqubov nazarida Mirziyoev «Biroz xushmuoamala bo‘lgani ma’qul»

Andijonlik vrach va ijtimoiy tarmoq faoli Otabek Ahliddinov Mirziyoevning uslubini maqulladi:

- Mediklar tili bilan aytsak, Mirziyoev gazak olgan yarani radikal yo‘l bilan davolamoqda¸ dedi suhbatdosh.

Qurultoyda ishtirok etgan siyosiy tadqiqodchi Alisher Ilhomov «Shavkat Mirziyoev populizm va islohotchilik o‘rtasida turibdi. Uning qaysi tomonga og‘ishini u qilgan ishlar samarasi ko‘rsatadi» dedi...

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:39:46 0:00

XS
SM
MD
LG