Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:09

AQSh: Shimoliy Koreya bilan urush muqarrar emas, ammo tahdid mavjud


AQSh prezidenti Donald Tramp (o‘ngda) milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi H.R.MakMaster bilan
AQSh prezidenti Donald Tramp (o‘ngda) milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi H.R.MakMaster bilan

AQShning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki nafar rasmiysi Shimoliy Koreya bilan harbiy mojaro muqarrar emas, deb aytdi.

Shu bilan birga ular urush chiqib ketish xavfi mavjudligini ham qayd etdi.

So‘nggi hafta ichida urush xavfi oshmadi, ammo o‘n yil oldingi vaqtdan beri ushbu xavf ortdi, – dedi armiya general-deytenanti, prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi H.R. MakMaster 13 avgust kuni.

MakMasterning Ey-Bi-Si telekompaniyasi “Ushbu hafta” dasturiga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Reks Tillerson boshchiligida “qat’iy diplomatik sa’y-harakatlar”ni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni ig‘vogarona xatti-harakatlardan qaytarish uchun yangi moliyaviy sanktsiyalar ham joriy qilindi.

Pxenьyan BMT qaroriga zid ravishda qit’alararo ballistik raketa (QBR) sinovlarini o‘tkazgandan so‘ng Tramp bilan Kim bir-biriga po‘pisa qildi.

Tramp AQSh harbiylari voqealar rivojiga tayyor turganini aytib, Kimni AQSh hududlari va ittifoqchilariga hujum qiladigan bo‘lsa, “tez orada afsus chekishi”dan ogohlantirdi.

MRB direktori Mayk Pompeo “Fox News Sunday” dasturiga bergan intervyusida “bugun muqarrar narsaning o‘zi yo‘q”, ammo Shimoliy Koreyaga AQShning sabr kosasi to‘lganini bildirib qo‘yish muhimligidan so‘z yuritdi.

Ayni paytda AQShning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Jozef Danfold Osiyoga safar qilmoqda va uning Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Danfoldning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, u “mintaqadagi haroratni his qilish” hamda “diplomatik va iqtisodiy bosimlar” ish bermaydigan bo‘lsa, harbiy choralar ko‘rish masalasini muhokama qilish niyatida.

Biz ushbu vaziyatdan urushsiz chiqib ketish yo‘llarini qidiryapmiz, – dedi Danfold.

Uning Osiyo qit’asiga safari Shimoliy Koreyaning “Minju Choson” gazetasida Pxenyan armiyasi “AQSh istaydigan har qanday urushga tayyor” ekani bildirilgan bosh maqola chop etilgandan so‘ng bo‘lib o‘tmoqda.

XS
SM
MD
LG