Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2019, Тошкент вақти: 00:09

Panjaralari olib tashlangan Oqsaroyga Karimov haykali o‘rnatilmoqda


Asiaterra nashrida e’lon qilingan surat

O‘zbekiston Xalq rassomi¸ haykaltarosh Ilhom Jabborov Toshkent¸ Samarqand va Qarshi shaharlarida o‘rnatiladigan uchta haykalni monumental o‘lchamda yasab bo‘ldi. Ozodlikka bu haqda ma’lum qilgan Jabborov ustaxonasida ishlayotgan haykaltaroshning aytishicha¸ ikki haykal Karimovni tik turgan holatda aks ettirsa¸ yana bir haykal faqat byustdan iborat.

O‘zbekistonlik san’atshunos Akmal Rizaevning Ozodlikka ma’lum qilishicha¸ haykallardan biri avgust oxirida muzey sifatida ish boshlaydigan Oqsaroy binosi oldiga o‘rnatiladi.

Rizaevning aytishicha¸ seshanba kuni Oqsaroy qarshisidagi ko‘p qavatli uylarni to‘sib turuvchi katta banner va temir panjaralar olib tashlangan:

- Oqsaroyni 25 yildan beri xalqdan to‘sib turgan ulkan panno demontaj qilindi. Yo‘g‘onligi bilakdek keladigan quyma panjaralr olib tashlandi. Endi bu sahnga chim yotqizilib, Karimovning haykali o‘rnatilishi uchun so‘nggi ishlar ketmoqda¸ dedi 15 avgust kuni Ozodlik muxbiri suhbatlashgan san’atshunos.

Панжаралари олиб ташланган Оқсаройга Каримов ҳайкали ўрнатилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:54 0:00

Karimov siymosi bronza bo‘yoq berilgan betonda aks etdi

O‘zbekiston mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich Toshkentning Boshliq mahallasidagi haykaltaroshlik ustaxonasidagi haykallarni borib ko‘rib¸ o‘zi nashr qiladigan asiaterra nashrida ular suratlarini e’lon qildi.

Ozodlik bilan suhbatda Volosevich¸ ustaxonadigi ikki haykalning betondan yasalib¸ ustiga bronza rangli bo‘yoq berilganligini aytadi:

- Bo‘y-basti bilan yasalgan haykallar¸ bir qaraganda¸ egizdek ko‘rinadi. Lekin ular bir-birlarining ko‘zgudagi aksi emas. Haykallardan birida Karimov cho‘ntagiga qo‘lini tiqib turgan bo‘lsa¸ yana birida qo‘lini cho‘ntagidan chiqargan tarzda aks etgan¸ deydi jurnalist.

Karimov haykali
Karimov haykali

O‘zbekistonlik san’atshunos Akmal Rizaevning aytishicha¸ haykallar taniqli rassomning shoh asari emas:

- Qo‘l uchida qilingani bilinib turibdi. Sovet targ‘iboti ustalaridan biri¸ haykaltarosh Aleksandr Kibalnikovga zo‘raki taqlid¸ desak ham bo‘ladi. Ayniqsa¸ qo‘lini cho‘ntagiga tiqib tugan variant Kibalnikov yaratgan Mayakovskiy haykaliga o‘xshaydi¸ deydi o‘z skeptsizmini yashirmagan san’atshunos.

Ozodlik haykaltarosh Ilhom Jabborovning o‘zidan bu haykallar borasida izoh so‘radi. Ozodlik muxbiri bilan yozishmada haykaltarosh¸ to haykal postamentga o‘rnatilib¸ rasmiy ochilish bo‘lmaguncha¸ irim qilib matbuotga suhbat bermasligini ta’kidladi. Haykaltarosh o‘zining keyingi 30 yil mobaynida bu irimga rioya qilib kelganini ta’kidladi.

Ilhom Jabborovning Islom Karimovga haykal yasash bo‘yicha Xalqaro badiiy tanlov g‘olibi bo‘lgani joriy yilning 26 aprel kuni rasman e’lon qilingan bo‘lsa¸ Ozodlik o‘z manbalariga tayanib¸ aynan shu muallifning Karimov haykalini yasashi haqida o‘tgan yil noyabr oyida ma’lumot bergan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 25 yanvarda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorida Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish belgilangan edi.

Qarorda shuningdek¸ Oqsaroy hovlisiga Islom Karimov siymosi aks etgan haykal o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan edi.

San’atshunos Rizaevning aytishicha Oqsaroy oldida Karimov haykali ochilishi 1 sentyabrga rejalangan.

Toshkentdan tashqari Samarqand va Qarshida ham Ilhom Jabborov yasagan Karimov haykallari o‘rnatiladi.

Rossiya poytaxtining O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimov nomi berilgan xiyoboniga o‘rnatiladigan haykalni britaniyalik haykaltarosh Pol Dey (Paul Day) yasashi aytilmoqda.

Bu haqda Islom Karimov haykali loyihasini Moskva shahar meriyasiga taqdim etishga borgan marhum prezidentning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva o‘z Instagram sahifasida xabar qilgan edi.

Mustaqil O‘zbekistonning 2016 yil 2 sentabr kuni olamdan o‘tgani e’lon qilingan 1-prezidenti Islom Karimovga birinchi bo‘lib Turkmanistonda byust o‘rnatildi.

Turkmanobod shahrida 7 mart kuni haykal ochilishi tadbirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG