Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:18

Samarqandda bir hafta ichida ikki yosh yigit sirli tarzda o‘zini osdi


Samarqand tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 11 avgust kuni o‘z joniga qasd qildi. Bu suiqasddan to‘rt kun avval esa, ayni tumanning Qo‘ziqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan 22 yashar yigit ham o‘zini osib o‘ldirgan. Ozodlik gaplashgan mahalliy rasmiylar o‘ziga to‘q va o‘rtahol oilalar farzandi bo‘lgan bu yigitlarning o‘z joniga qasd qilishi sababi mavhumligicha qolayotganini bildirdi.

Samarqand tumani Oqmachit qishlog‘idagi 10-umumta’lim maktabining 9-sinfini bitirgan 15 yashar o‘quvchisi (o‘quvchining ism-sharifi Ozodlikka ma’lum, lekin axloq qoidalari yuasidan sir saqlanmoqda – tahr.) 11 avgust kuni tush paytida uyida o‘zini osib qo‘ydi.

Bu haqda ismi sir qolish istagi bilan Ozodlikka xabar bergan 10-maktab o‘qituvchisining aytishicha, marhum o‘spirin maktabning a’lochi o‘quvchilaridan biri bo‘lgan.

“Biz ham bu voqeani eshitib hayron qoldik. Chunki, bu oila qishloqdagi namunaviy oilalardan biri sanaladi. Dadasi tadbirkor. O‘sha kuni uyda hech kim bo‘lmagan, ota-onasi ishda bo‘lgan. Tush paytida u tandirxonaning navesiga o‘zini osib qo‘yibdi. Butun qishloq hayron, 15 yashar gulday bolaning qilgan bu ishiga. Prokuraturadan ham kelishib, gaplashib ketishdi. Lekin nima sababdan o‘zini osgani sir bo‘lib qolayapti”, deydi Ozodlik suhbatlashgan oqmachitlik o‘qituvchi.

Cамарқандда бир ҳафта ичида икки ёш йигит сирли тарзда ўзини осди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:35 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ bu suiqasdddan to‘rt kun avval, Samarqand tumanining Qoziqo‘rg‘on qishlog‘ida yashaydigan 22 yashar yigit (bu bolaning ham ismi sharifi Ozodlikka ma’lum, lekin axloq qoidalari yuzasidan sir saqlanadi – tahr.) ham uyidagi yerto‘laga kirib o‘zini osgan.

Bu suiqasd tafsilotidan yaxshi xabardor qoziqo‘rg‘onliklardan birining Ozodlikka aytishicha, mardikorlik qilib yurgan yigitning onasi mehnat muhojiratida bo‘lgan.

“Bu yigitning onasi Rossiyada ishlaydi. Doim uyiga pul yuborib turgan, yashashlari yaxshi edi. O‘g‘lining o‘zini osganini bilganidan so‘ng darrov etib keldi. Bu bola uyining podvaliga kirib¸ o‘zini osib qo‘ygan. Aytishlaricha, vos-vos kasali bor ekan. Boshqa hech qanday xabar yo‘q”, dedi marhum yigit mahalladoshlaridan biri.

Samarqand tuman prokuraturasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi bir haftaning ichida ikkita o‘zini osish holati bo‘lganini tasdiqlab, bu ishlar bo‘yicha surishtiruv olib borilayotganini aytdi¸ boshqa tafsilotlar haqida telefon orqali ma’lumot berilmasligini bildirdi.

Ozodlik suhbatlashgan samarqadliklar¸ ketma-ket o‘zini osgan ikk yosh yigitning bir-birini tanimagani va suiqasdlarning bir-biriga aloqasi yo‘qligini bildirdilar.

O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi o‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilmay kelayotir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti keltirgan raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish holatlari oshib bormoqda.

Agar bu holat 2010 yilda har 100 ming o‘zbekistonlikdan 7 nafari o‘z joniga qasd qilgan bo‘lsa¸ 2016 yilga kelib¸ bu nisbat har yuz mingdan 9,2 ni tashkil qilgan.

Ayni tashkilotning 2015 yilgi hisobotiga ko‘ra¸ O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qiluvchi erkaklar soni ikki baravardan ko‘proqni tashkil etgan - mamlakatda har 100 ming erkakning 13,6 nafari, har 100 ming ayolning esa 5,2 nafari o‘z joniga qasd qilgan.

Yoshlar muammolariga alohida e’tibor ko‘rsatayotgan prezident Shavkat Mirziyoev o‘z joniga qasd qilish holatlariga oid aniq raqamlarni keltirmagan bo‘lsa-da¸ 12 iyul kungi chiqishida Oliy Majlis senator va deputatlarini bu vaziyatga loqayd bo‘layotganlikda ayblagan edi.

“Oliy Majlis palatalarining qariyb 40 nafar ayol senator va deputatlari buni juda yaxshi tushunishadi. Xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, jumladan, eng og‘ir masala bo‘lgan o‘z joniga qasd qilish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olishda Oliy Majlis palatalarining roli sezilmayapti. Bu borada na samarali ishlaydigan qonunlar qabul qilinmoqda, na joylarda amaliy faoliyat olib borilmoqda. Holbuki, xalqimiz, saylovchilarimiz bizdan bu borada amaliy harakatlarni kutmoqda”, dedi prezident Mirziëev jumladan.

XS
SM
MD
LG