Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:41

Mirziyoev Harakatlar strategiyasining dastlabki natijalarini chiqardi


Prezident Mirziyoev 15 avgustda "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi.

Hujjatda Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab bergani t’kidlab o‘tilgan.

"Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro ekspertlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko‘rsatdi", deyiladi farmoyishda.

Aytilishicha, Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etilgan.

Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 13 339 ta loyiha amalga oshirilgani, 2,1 trln. so‘m kredit o‘zlashtirilgani, 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgani, “Peugeot” va “Citroyon” brendi bilan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod barpo etilayotgani aytilgan farmoyishda.

Bundan tashqari, farmoyishda aytilishicha, ijtimoiy sohada joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming km. avtomobil yo‘llari qurilgan va ta’mirlangan, 84 300 ta ish o‘rni yaratilgan.

2017-2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilayotgani, uning doirasida 50 286 ta xonadondan iborat 1 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangani to‘g‘risida ham so‘z boradi hujjatda.

Prezident farmoyishida "millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgani" to‘g‘risida ham so‘z boradi.

Prezident farmoyishining to‘liq matni bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG