Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:54

Shikoyatchilar Oliy sud binosiga "shturm bilan kirdi"


O‘zbekiston Oliy sudi binosi
O‘zbekiston Oliy sudi binosi

15 avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi binosi oldiga yig‘ilgan va kutish joniga tekkan yuzlab shikoyatchilar binoning yopiq darvozasi qulfini sindirib ichkariga kirishdi.

Sud binosiga kirganlardan biri, shikoyatchi Shavkat Yunusovning Ozodlikka aytishicha¸ kun issig‘ida kutaverib xoldan toygan 400 ga yaqin shikoyatchi sud hovlisi darvozasiga yopirilib, "ichkariga shturm bilan" kirgan:

- Hammayoq qiyqiriq bo‘lib ketdi. Odamlarning ichkariga intilishini ko‘rsangiz edi. Haqiqatdan ham shturm bo‘ldi¸ deydi suhbatdosh.

Yunusovga ko‘ra¸ joriy qilingan kutish raqamlariga (shikoyatchilarning qo‘lidagi navbat raqami - tahr.) mulozimlarning rioya qilmagani odamlarning toqatini toq qilgan.

Шавкат Юнусов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:56 0:00

Oliy sud binosida bo‘lgan voqea to‘g‘risida Fergananews informatsion agentligi ham yozdi.

"Odamlar nimaga qodir ekanligini namoyish qilganini ko‘rish kerak edi. Sud hovlisiga va binosiga bostirib kirganlarni bosiqlikka chaqirishga urinishdi, lekin hech kimni ortga haydab o‘tirishmadi. Qo‘riqchilar chopqillab yurganini ko‘rish kulgili bo‘ldi",- deb aytgan chirchiqlik 80 yashar Lyubov Churakova. Agentlikka ko‘ra, bu ayol qariyb 10 yildan buyon adolat izlab idorama-idora izg‘iydi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, Oliy sud binosiga "bostirib kirganlar"ning yagona maqsadi mulozimlar qabuliga tezroq kirish bo‘lgan, xolos. "Bostirib kirganlar" sud binosiga ham, bino ichidagi jihoz va ashyolarga ham hech qanday zarar etkazmagan. Ba’zi guvohlarning aytishicha, darvoza ilgagi singan. Lekin boshqa guvohlar ilgak o‘zi ochilib ketganini aytdi.

Joriy jadvalga ko‘ra¸ Oliy sud faqat oyda ikki marta vatandoshlarni qabul qiladi.

Sud binosiga "shturm bilan kirganini" aytayotgan shikoyatchi Shavkat Yunusovning Ozodlikka aytishicha, “yillar davomida sansalorlikka uchrab Oliy sud qabuliga kira olmaganlar juda ko‘p”

Unga ko‘ra¸ “sudlar adolatli qarorlar chiqarsa va kassatsiya tartibida shikoyat qilish tizimi samarali ishlasa Oliy sud oldida buncha odam to‘planmaydi”

Oliy sud binosi oldida kutayotganlar
Oliy sud binosi oldida kutayotganlar

O‘tgan hafta Oliy sud binosi oldida kutib issiqdan sillasi qurib o‘zidan ketgan ayolni "Tez yordam" olib ketgani haqida mahalliy nashrlar yozgan edi.

XS
SM
MD
LG