Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:39

O‘zbekiston qator davlatlar uchun viza tartibini yengillashtirmoqchi


Samarqand shahri O‘zbekistonga kelgan sayyohlar boradigan asosiy manzillardan biri.

O‘zbekiston hukumati 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab qator davlatlar uchun viza tartibini yengillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu borada prezident Mirziyoev “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni 16 avgust kuni imzoladi.

Qarorda ta’kidlanishicha, xorij davlatlari vatandoshlari uchun viza tartibini yengillashtirish va soddalashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhi tashkil etiladi.

Mazkur guruh xorij vatandoshlariga viza berilishi va ularning O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tishi jarayonini yengillashtirsh bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

Bu holatda viza tartibini engillashtirish nazarda tutilgan davlat bilan O‘zbekistonning ikki tomonlama aloqalarining dinamikasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Qarorga asosan, ishchi guruhi tez orada 2018 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonga borish uchun yengillashtirilgan viza olish imkoniyati bo‘lgan davlatlar hamda vatandoshlariga O‘zbekistondagi tarixiy obidalar va mozorlarni ziyorat qilishni taklif etish mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etishi lozim.

Qator vazirliklar va tashkilotlarga Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlardan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha harakatlarni faollashtirish, jumladan, zarur reklama kampaniyalarini o‘tkazish hamda charter reyslarni uyushtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Mirziyoev bundan avval ham sayyohlik sohasini rviojlantirishga oid qarorni imzolagan edi. Jumladan, 2016 yilning 2 dekabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan 2017 yil 1 aprelidan boshlab 15 davlat sayyohlari va 12 mamlakatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibi bekor qilinishi lozim edi.

Biroq Mirziyoev 9 yanvar kungi farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi avvalgi qarori ijrosini besh yilga kechiktirdi.

Buning sababi sifatida qarorga berilgan qisqa izohda "xorijlik sayyohlar va o‘zbekistonliklar hayoti xavfsizligi va salomatligini ta’minlash" bilan bog‘liq xavotirlar tilga olingan.

Ijrosi kechiktirilgan qarorda¸ 2017 yilning 1 aprelidan Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya va Yaponiya vatandoshlari O‘zbekistonga vizasiz kirishi ko‘zda tutilgan edi.

Ayni paytda¸ Belgiya Qirolligi, Indoneziya, XXR (sayyohlik guruhlari tarkibida), Malayziya, AQSh, Vyetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning 55 yoshdan oshgan fuqarolari¸ O‘zbekistonga kirish punktlarida 50 dollarlik yig‘imni to‘lab¸ mamlakat hududida 30 kungacha sayyohat qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin edi.

XS
SM
MD
LG