Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 05:23

"O‘zbekiston24" telekanali ilk bor piramidachi Ahmadboy sudidan lavha tayyorladi


Чинозлик пирамидачи Аҳмадбой устидан суд бошланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:39 0:00

Chinozlik piramidachi Ahmadboy ustidan sud boshlandi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali Chinoz tumanida moliyaviy piramida qurib, o‘n minglab odamni aldaganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboev va yana 6 shaxs ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida o‘tayotgan mahkamadan reportaj tayyorladi. Mahkamaning 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchinchi majlisidan tayorlangan videolavhada Ahmadboy temir qafas ortida o‘tirgan yetti nafar sudlanuvchi orasida oq kuylakda ko‘rindi.

Sudning uchinchi majlisida guvohlik berganlardan biri Ahmadboy Tursunboevga 6 ming AQSh dollar bergani haqda gapiradi.

- 6 ming AQSh dollarini olib kelib topshirganman. Uch oydan keyin 15 ming pul olib kelib topshirganman, - deydi guvoh.

Sudda guvoh sifatida ko‘rsatma bergan ayol esa uyini tiklab olish uchun pul to‘plash maqsadida Ahmadboyga 4 ming dollar berganini aytdi.

- O‘shani undirib berishingizni so‘rayman, boshqa e’tirozim yo‘q, faqat shu pul, - deydi guvoh.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda sud zali Tursunboev va yana 6 sudlanuvchi ustidan mahkamada ko‘rsatma berishni xohlovchilar uchun ochiq ekanini aytdi.

“Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning muassisi Ahmadboy Tursunboev odamlardan bir yilda ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan katta mablag‘larni noqonuniy ravishda olib kelganlikda ayblanmoqda.

Ahmadboy nomi bilan tanilgan chinozlik tadbirkor o‘tgan yilning iyun oyida qo‘lga olingan.

U O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), shuningdek, 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Ahmadboyga tegishli ekanligi aytilayotgan 12 million dollardan ortiq pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

38 yoshli tadbirkorga pul bergan va olgan odamlarning soni bir necha o‘n mingdan ko‘p ekani aytiladi.

XS
SM
MD
LG