Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:49

Jizzaxda ayolning sochidan yulgan militsiya zobiti ishdan haydaldi


Jizzax shahri, Furqat mahallasidagi 27-sonli militsiya tayanch punkti
Jizzax shahri, Furqat mahallasidagi 27-sonli militsiya tayanch punkti

Jizzax shahrida ayolning sochidan yulgan Furqat mahallasi uchastka noziri Dilshod Mahmudov ishdan haydaldi. 15 avgust kuni militsiya formasidagi kishining ayolni sochidan tortayotgani aks etgan video Ozodlikda e’lon qilingach, Mahmudov ustidan ma’muriy ish ochilib, shahar prokuraturasiga so‘roqqa chaqirtirilgan edi.

18 avgust kuni Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahar Furqat mahallasi uchastka noziri Dilshod Mahmudov ishdan haydalgan.

Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan Jizzax shahar huquq-tartibot idoralaridagi manbaga ko‘ra, Mahmudov aynan “ayolni sochidan tortib, militsiya xodimiga to‘g‘ri kelmaydigan harakat qilgani uchun” ishdan bo‘shatilgan.

“Mahmudov hozir ishlamaydi. 27-sonli militsiya tayanch punktiga shahar IIBsidan vaqtincha yangi xodimlar kelgan. Shahar militsiyasi boshlig‘i muovini To‘rabek Qunishevning o‘zi ham hozir shu yerda”, - dedi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan IIB xodimi.

ВИДЕО: Жиззахда милиция зобити аëлнинг сочини юлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00

15 avgust kuni Jizzax shahri markazida militsiya zobiti ayolni sochidan tortayotgani aks etgan video Ozodlikda e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda militsiyaning hatti-harakati keskin qoralandi.

"Militsiya xodimlarining fuqarolarga hayvondek munosabatda bo‘lishiga qachongacha ko‘z yumiish mumkin", - deb yozdi Facebook tarmog‘ining Imron Qodirov ismli foydalanuvchisi.

Ozodlik militsiya zobitining ayol kishi sochini tortgani bilan bog‘liq voqeaning videoda aks etmagan jihatlarini ham o‘rgandi.

Guvohlardan birining Ozodlikka aytishicha, ayolni o‘zidan ham ayb o‘tgan.

“Uchastkovoy melisa ayolni qanday tinchlantirishni bilmadi. Ayol qichqirib, melisaga qarshilik ko‘rsatdi, uchastkavoyni shunday chora qo‘llashga majbur qildi”, - deydi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan jizzaxlik.

Ozodlik uchastka noziri Dilshod Mahmudovning o‘zi bilan ham 16 avgust kuni bog‘langandi.

U voqeani eshitgach, "shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi", deya javob qildi va 5 minutdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilishimizni so‘rab, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi.

O‘shandan buyon Mahmudov qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti.

Videolar samarasi

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik tartib posbonlarining zo‘ravonliklari aks etgan videolar tez-tez tarqatilmoqda.

Ozodlik radiosining ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha mutaxassisi To‘lqin Umaralievga ko‘ra, O‘zbekiston kabi yopiq jamiyatlarda tarmoqlar haqiqatga erishishda asosiy rolni o‘ynamoqda:

- Eng oson yo‘li, hozir biror bir nohaqlikni ko‘rsangiz va bu o‘z hayotingizga xavf solmasa, buni ijtimoiy tarmoqlarga, Telegram yoki Vatsap orqali jo‘natishingiz mumkin. Menimcha, bu narsa juda katta effekt beradi, foyda beradi va beryapti. Chunki ommaning bahsi, baribir, katta kuch,- deydi To‘lqin Umaraliev.

Тўлқин Умаралиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:17 0:00
Бевосита линк

O‘tgan yilning mart oyida Ozodlik mushtariylaridan biri Samarqandda ikki nafar militsiya xodimi bir ayolni mashina yukxonasiga solishga urinayotgani tasvirlangan videoni yo‘llagandi.

Икки милиция ходими аëл кишини машина юкхонасига солмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:14 0:00

Video Ozodlikda e’lon qilingach militsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgandi.

2016 yilning may oyida esa Toshkentning Uchtepa tumani Farhod mahallasi uchastka noziri Izzatilla Hoshimov 55 yashar ayolni tepgani uchun ishdan haydalgandi.

Ozodlik militsiya formasidagi kishining ruhiy hasta ekani aytilgan ayolni kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qilgan, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan keskin qoralangandi.

XS
SM
MD
LG