Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 13:01

OzodMikrofon: “Asli kasbi vetvrach bo‘lgan hokim o‘rinbosari aholini bir hafta ichida uylarini buzishga majburlayapti”


Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan pensioner Nabijon Jo‘raboevning aytishicha, tuman markazidagi Do‘stlik mahallasidagi o‘nlab uy egalariga, bir haftaning ichida uylarini buzib, materiallarini olib chiqib ketish buyurilgan.

Buziladigan uylar o‘rniga to‘rt qavatli uy-joy qurilishi va qurilish bitgandan so‘ng bu odamlar ana shu binodan uy olishlari mumkinligi aytilgan.

Buziladigan uylar o‘rniga yer ham, tovon puli bermasligini aytgan hokim o‘rinbosari, uy qurilishi bitguncha odamlar bolalar lagerida istiqomat qilishini hokim o‘rinbosari aytgan.

“Bu hokim o‘rinbosarining asli kasbi mol duxturi. Uni kim qurilish bo‘yicha hokim o‘rinbosari qilib qo‘yganiga hamma hayron”, deydi Nabijon Jo‘raboev:

OzodMikrofon: “Асли касби ветврач бўлган ҳоким ўринбосари аҳолини бир ҳафта ичида уйларини бузиб, кўчишга мажбурлаяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:40 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG