Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2019, Тошкент вақти: 00:36

Xayrulla Hamidov TVga qaytdi


19 avgust kuni taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov yana televideniega qaytdi. Diniy ayblov bilan besh yillik qamoq jazosini o‘tab chiqqan Xayrulla bir paytlari O‘zbekistondagi eng mashhur futbol sharhlovchisi sanalar edi. 5 avgust kuni Hamidovning “qora ro‘yxat”dan chiqarilgani e’lon qilindi.

19 avgust kuni Xayrulla Hamidov “Sport” teleradiokanali orqali jonli ravishda efirga uzatilgan Italiya “A” seriyasining yangi mavsumi birinchi turi uchrashuvlari doirasidagi “Yuventus” – “Kalyari” o‘yinini sharhladi. Xayrulla bilan birga telekanal direktori Zohid Karimov ham o‘yinni sharhlab bordi.

Xayrullaning ilk ish kuni 19 avgustdan boshlangani haqida yozdi uff.uz nashri:

“Bugun Xayrulla Hamidovning qaytishi bilan bog‘liq rasmiyatchiliklar amalga oshirildi va tajribali jurnalist “Sport” telekanalida ish boshladi”, deb yozdi uff.uz 19 avgust kuni.

Xayrulla Hamidov 5 avgust kuni "qora ro‘yxat"dan chiqarilganidan so‘ng, Kun.uz nashriga bergan intervьyusida: "Endi TV rahbariyati qo‘rqmasdan meni ishga chaqirishlari mumkin. Sharhni sog‘inganman", degandi.

Nafaqat sharhlovchi sifatida balki diniy mazmundagi ma’ruza va she’rlari bilan tanilgan 42 yashar jurnalist Xayrulla diniy motivdagi ayblovlar bilan 5 yil qamoq jazosini o‘tab chiqqan.

U 2010 yilning 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmi bilan "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 2015 yil 11 fevralda, amnistiya aktiga muvofiq, ozodlikka chiqarilgan.

Xayrulla qamoqdan ozodlikka chiqqan kuni yaqinlari bilan.
Xayrulla qamoqdan ozodlikka chiqqan kuni yaqinlari bilan.

Sport sharhlovchisi bo‘lgan Xayrulla Hamidov o‘z she’r, esse va diniy ma’ruzalari bilan ham o‘zbekistonliklar orasida yaxshi tanilgan.

2000-yillar oxirida uning audio va video chiqishlari nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi.

Xayrullo Hamidov o‘z chiqishlarida diniy mavzular bilan birga, dolzarb ijtimoiy muammolarni ko‘tarishi bilan ham e’tibor qozondi.

U asos solgan "Odamlar orasida" ro‘znomasi qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda eng ko‘p sotiladigan nashrga aylangan, ammo olti oydan so‘ng turli vajlar bilan yopib qo‘yilgandi.

Xayrulla Hamidovning she’rlari to‘plami 2013 yilda Londonda o‘zbek va ingliz tillarida chop qilingan.

XS
SM
MD
LG