Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:36

Ukraina yangi o‘quv yili arafasida o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko yangi o‘quv yili boshidan Ukraina sharqida o‘q otishni to‘xtatishni taklif qildi. Rossiya, Germaniya, Fransiya va AQSh bu taklifni bir ovozdan qo‘lladi.

Ukraina prezidenti o‘z taklifini 22 avgust oqshomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kantsleri Angela Merkel hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali qilgan suhbati davomida o‘rtaga tashladi. Poroshenkoning hamkasblari Ukraina sharqida bolalar maktabga bora olishi uchun o‘q otishni to‘xtatishni qo‘lladi.

Poroshenko hamda Putin matbuot xizmatlariga ko‘ra, otashkesim 23 avgust kuni e’lon qilinadi. Makron va Merkel ma’muriyati ham yangi otashkesim haqida bildiruv e’lon qildi.

Poroshenko ofisi yuqorida tilga olingan yetakchilar tinchlik bitimi “xavfsizlik vaziyati muntazam yaxshilanishiga olib kelishiga, bundan maktab o‘quvchilari hamda Donbassning butun xalqi foyda ko‘rishiga umid qilishlarini” aytdi.

Sharqiy Ukrainadagi qurolli mojaroga chek qo‘yish urinishlari bo‘yicha AQShning yangi maxsus elchisi etib tayinlangan Kurt Volker 22 avgust kuni Litvada turib yangi bitimni qo‘llashini bildirdi. Volker 23 avgust kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkin bilan uchrashadi.

Volker Baltic News Service agentligi bilan suhbatda o‘quv yiliga mos keluvchi tinchlik bitimi juda yaxshi fikr ekanligini aytib, AQSh buni to‘liq qo‘llashini ta’kidladi.

Volker yana ilk marotaba 21 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina bo‘yicha yordamchisi Vladislav Surkov bilan o‘tkazgan uchrashuvini sharhladi. Avvalroq Surkov uchrashuvni “foydali va konstruktiv” deya baholagan edi.

“Qilishimiz kerak bo‘lgan narsa, Ukrainada xalqi uchun xavfsizlikni oshirishga yangicha yondashishdir”, dedi Volker.

23 avgust kuni Volker AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis bilan birga “Ukraina suverenitetini hamda hududiy birligini tiklashga qaratilgan diplomatik muzokaralarning navbatdagi qadamlarini muhokama qilish uchun” Ukraina hukumatining yuqori lavozimli rasmiylari bilan uchrashadi.

Poroshenko o‘t ochishni to‘xatish taklifini 22 avgust kuni Lugansk viloyatida qayta ta’mirlagan musiqa teatri ochilishida bildirdi. Prezident bu bilan Kiev tinchlik tarafdori ekanligini ko‘rsatishni istashini aytdi.

2014 yilning fevralida Rossiya bilan yaqindan aloqa qilish tarafdori bo‘lgan prezident Viktor Yanukovich hukumati “Yevromaydon” nomini olgan namoyishlar ortidan hukumatdan ag‘darilgan, buning ortidan Rossiya Ukrainaning Qrim mintaqasini anneksiya qilib, sharqiy va janubiy Ukrainada o‘ziga xayrixoh ayirmachilarni dastaklay boshlagan edi.

Rossiya qo‘llovi bilan ayirmachilar Ukrainaning Rossiya bilan chegaradosh Donetsk hamda Lugansk viloyatlarining ayrim hududlarini egallab oldi. 2015 yilning fevralida Minskda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishilgan bo‘lsa-da, to‘qnashuvlar to‘xtagani yo‘q. Bundan boshqa bir necha tinchlik bitimi ham samarasiz bo‘ldi.

AQSh hamda Yevropa ittiqofi joriy qilgan sanksiyalar Rossiyani ayirmachilarni qo‘llashni bas qilishga yoki Minsk kelishuvi bo‘yicha o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarini bajarishga unday olgani yo‘q.

Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi, Suriyadagi urush hamda Moskvaning AQSh prezidenti sayloviga aralashuvi ortidan Vashington va Moskva o‘rtasidagi aloqalar Sovuq urush yillaridagidek sovub ketgan.

XS
SM
MD
LG