Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:15

Tojikistonda o‘qishga shaxsiy avtomobilida kelgan talabalar o‘qishdan haydaladigan bo‘ldi


Tojikiston parlamentining deputatlari mamlakat prezidentining ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ayrim o‘zgartishlar kiritishga oid taklifini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Qonunga kiritiladigan o‘zgartishlardan biriga binoan, endilikda maktab o‘quvchilari va talabalar o‘qishga o‘zlari boshqargan avtomobilda kela olmaydilar.

Tojikiston Ta’lim va fan vaziri Nuriddin Saidning tushuntirishicha, xuquqbuzarliklarni amalga oshirgan talabalar uch yil muddatga oliy o‘quv yurtidan, kollej va kasb-hunar bilim yurtlarining o‘quvchilari esa, bir yilga o‘qishdan haydaladi:

"Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, talabalar darsga avtomashinalarni boshqargan xolda kelishni taqiqlanadi, ammo biz boshqa vaziyatlarda talabalarning avtomobil boshqarishlarini taqiqlay olmaymiz. DAN xodimlari buni hisobga olishi kerak”, – dedi parlamentining quyi palatasi deputati Saidjafar Usmonzoda.

Bundan avval Tojikiston Ta’lim va fan vazirligi o‘zining saytida maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan talablarni e’lon qilgan edi.

Yangi qoidalarga ko‘ra Tojikiston maktablarining o‘quvchi bolalari va qizlari uchun quyidagildar taqiqlanadi:

  • hijob,
  • kalta, yirtiq jinsilar, (jinsi kiyishga faqat qish faslida ruxsat beriladi),
  • mini va kalta yubka,
  • reklama yozuvlari bo‘lgan, boshqa mamlakatlarning davlat ramzlari aks etgan futbolkalar,
  • sport liboslari (fizkultura darslari va hasharlardan tashqari),
  • bitta quloqqa bittadan ortiq zirak taqish,
  • yorqin yoki ajoyib makiyaj,
  • uzun tirnoqlar,
  • soqol va uzun sochlar (o‘g‘il bolalar uchun),
  • tatuirovkalar.

Ruxsat beriladi:

  • Milliy ro‘mol va do‘ppilar.

Mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan kiyimlar tavsiya qilinmoqda.

Tojikiston parlamenti kuni kecha “An’analar, tantana va urf-odatlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ham ma’qullagan edi.

Bu qonun kuchga kirganidan so‘ng Tojikistonda marhumning 7 siga va 40 iga mol so‘yish va mehmonlar oldiga dasturxon yoyish taqiqlanadi. Qonunda boshqa cheklovlar ham nazarda tutilgan.

XS
SM
MD
LG