Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:07

Qurultoy: Jurnalistning mansabdorlarni tanqid qilish huquqi olib qo‘yildimi?


Deputat Toshqulov
Deputat Toshqulov

O‘zbekiston telekanallaridagi informatsion dasturlardan boshqa ko‘rsatuvlarni jonli efirga berish to‘xtatilgani ortidan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi, 41 yashar deputat Abduqodir Toshqulov davlat mulozimlarini himoyalab, fikr bildirdi.

Deputat Bi-bi-sining Feysbuk sahifasida qoldirgan sharhida Xalqaro press-klub ko‘rsatuvlarining olib boruvchisi Sherzod Qudratxo‘jaevni davlat mulozimlariga bepisand bo‘lganlikda aybladi. Qudratxo‘jaevni “yuztuban”, deb atagan deputat jurnalistning niyati xolis emasligiga ishora qiladi:

“Har bir amal niyatga bog‘liq. Hurmatli moderatorlarimizning niyatlari muammolar yechimi, insonlar mushkulini oson qilish, umuman olganda ezgulik bo‘lganda edi, bu kabi yuztuban bo‘lmasdilar”, deb yozg‘irgan deputat bitiklari davomida jurnalist Sherzod Qudratxo‘jaevning harakatlarida “rahbarga yaxshi ko‘rinish ilinjidagi shaxsiy manfaatlari ufurib turdi”, deb iddao qiladi.

Feysbukda qoldirgan posti davomida deputat Toshqulov mulozimlar himoya qilinishi lozimligini ta’kidlaydi:

“Hokim, Vazir, Senator yoki Deputat ham qaysidir onaning farzandi, kimningdir ustozi. Hech bir mamlakatda jurnalist mansabdorlar bilan bunday bepisand muomala qilib, buni dunyoga ko‘z-ko‘z qilmaydi“, degan deputat nazarida jurnalistlarning mulozimlarga baho berishga haqqi yo‘q: “Yuqorida sanab o‘tilgan hokimiyatlar vakillariga baho berish Konstitutsiyaga muvofiq Prezident va xalqqa berilgan”, deb yozadi deputat.

Deputatning aytganlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilina boshladi. Muhokamaga qo‘shilganlardan biri, o‘zbekistonlik jurnalist Ulug‘bek Haydarov O‘zLiDep deputatini OAV haqidagi O‘zbekiston qonunlarini bilmaslikda aybladi:

- Bu deputatlar hech bo‘lmaganda o‘zlari chiqargan qonunlarni o‘qib ko‘rishsa bo‘lar edi. OAV to‘g‘risidagi qonunda jurnalistlarning mulozimlar faoliyatiga baho berishiga¸ tanqid qilishiga to‘la kafolat berilgan,- deydi jurnalist.

Bu munozaralar O‘zbekiston telekanallaridagi informatsion dasturlardan boshqa ko‘rsatuvlarni jonli efirga berish to‘xtatilgani ortidan ijtimoiiy tarmoqlarda qizidi. Ozodlikning Qurultoy eshittirishida O‘zbekistondsagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq so‘nggi vaziyatni muhokama qildik.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:38:01 0:00

XS
SM
MD
LG