Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:49

Senator Aripova kattalarni zararli axborotdan himoya qilish tashabbusi bilan chiqdi


Senator Aripova o‘z vaqtida orden bilan taqdirlangan
Senator Aripova o‘z vaqtida orden bilan taqdirlangan

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan 11-yalpi yig‘ilishda «Bolalarning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Bu qonun muhokamasida so‘zga chiqqan senator¸ Termiz shahar 4-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati direktori Shohida Aripova «zararli» axborotning kattalarga salbiy ta’siri borasida ham qonun zarurligini aytdi.

Senat devonxonasida ishlashini aytgan mutaxassisga ko‘ra, kattalarni salbiy axborot hurujidan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiquvchi ishchi guruh tuzilgan.

Senat devonxonasi mutaxassisiga ko‘ra¸ ushbu ishchi guruhga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sherzod Shermatov rahbar qilib tayinlangan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ ishchi guruh belgilangan muddatlarda qonun loyihasini tayyorlab, O‘zbekiston hukumati Yagona portalida muhokamaga qo‘yiladi. Senat mutaxassiiga ko‘ra, bu qonun O‘zbekistonning katta yoshdagi aholisini G‘arb ommaviy madaniyatining salbiy ta’sirlaridan saqlashni ko‘zda tutadi.

Bolalar nimadan himoya qilindi?

24 avgust kuni Senat tasdiqlagan «Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun bilan bolalar uchun mo‘ljallangan har qanday axborot (kitob, film va boshqa shu kabilar) 7, 12, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan yosh toifalari bo‘yicha tasniflash joriy etildi.

Qonunda bolalarga zarar yetkazuvchi axborot turlari ta’riflangan. Bolalarni o‘z hayoti va salomatligiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga undaydigan, ularda narkotik vositalar, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida ishtirok etish istagini paydo qiladigan axborot tarqatilishi to‘liq man etilgan.

Oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, turli noqonuniy xatti-harakatlar, shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik, jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlarni oqlaydigan axborot tarqatilishi taqiqlangan.

"Millatni shisha qalpoq ostida saqlash"

O‘qituvchi senatorning katta yoshdagilarni “salbiy axborotlardan” asrash tashabbusini toshkentlik vrach psixolog Inna Orlova Ozodlik bilan suhbatda “Bu deputatlar millatni shisha qalpoq ostida saqlamoqchi”, deya tanqid qildi.

- Bu deputatlar bilmaydiki¸ aynan salbiy axborotlar kishilarda tanqidiy analiz qilish kabi tafakkurli insonga eng hos eng muhim hususiyatni shakllantiradi. Katta yoshdagilar mumkin qadar ko‘proq salbiy informa olsa, ruhan sog‘lom bo‘ladi. Men buni vrach sifatida aytayapman,- dedi vrach.

Suhbatdosh 24 avgust kuni Senat ma’qullagan “Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ham tanqid qildi.

- Bu qonundan Oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan mazmundagi kitoblarni bolalar o‘qimasligi kerak, degan xulosa chiqadi. O‘zbekistondagi bolalar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan hamma bola hisoblanadi. Mojaro¸ salbiy qahramonlar silsilasidan tarkib topgan jahon adabiyoti klassikasini 18 yoshdan kattalar o‘qisin deyish mutlaqo yaxshi oqibatlarga olib bormaydi¸- deydi suhbatdosh.

Сенатор Арипова катталарни зарарли аxборотдан ҳимоя қилиш ташаббуси билан чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:42 0:00

Senat ma’qullagan «Bolalar sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, o‘zbek bolalari faqat "milliy mafkuraga mos" ijobiy qahramonlar haqidagi kitoblarni o‘qishi lozim. Senat nashr qilish va tarqatish taqiqlangan ahborot mahsulotlari va badiiy kitoblar reestrini tuzish mexanizmini ham muhokama qilgan.

Taqdim qilinayotgan qoida asosida “O‘tkan kunlar” romani ustiga ham 18+ ishorasi qo‘yilishi mumkin.

O‘zbekistonlik psixolog Shahnoza Halilova qonun qabul qilinishini ma’qullagan holda¸ klassik adabiyotlarga¸ hususan "O‘tkan kunlar" romaniga 18 + ishorasi qo‘yishda shoshmaslik kerakligini aytadi.

Рухшунос Шаҳноза Ҳалилова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:24 0:00

Qonun qabul qilinishi ortidan maktab darsliklaridan klassik adabiyot asarlarining "badarg‘a qilinishi" oqibatlari haqida gapirgan fotorassom Umida Ahmedova yoshlarni ahborotdan asrash shamsiyasi ostida “senzura” qilinayotganiga e’tibor qaratdi.

Rasmiy matbuot¸ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sherzod Shermatovga iqtibosan “Bu qonun senzura” emas, deya ta’kidladi.

Respublika ekspert komissiyasi tarafidan asarlari "milliy mafkuraga zid", deb topilgan fotorassom Umida Ahmedova "Do‘ppi olib kel desa, kalla oladigan mulozimlar o‘quvchilar va kattalar nima o‘qishini belgilmasin", deya fikr bildirdi.

XS
SM
MD
LG