Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:11

“To‘ytepani Nurafshon qilish – xalqni o‘z tarixidan uzoqlashtirish!"


Tilshunos olim Baxtiyor Isabekov.

O‘zbekistonlik taniqli tilshunos olim¸ O‘zbekiston Milliy universiteti (avvalgi ToshDU) dotsenti Baxtiyor Isabekov¸ yo‘q joydan To‘ytepani Nurafshon deb o‘zgartirish haqida qaror chiqargan o‘zbek senatorlarini millat tarixidan bexabarlik¸ unga nisbatan hurmatsizlikda aybladi.

“To‘ytepa nomining etimologik jihatdan to‘yga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu so‘z eski turk tilida katta¸ baland qal’a¸ tepaliklar to‘plami¸ degan mazmun tashigan. Bu shaharning nimaga shunday nomlanishini izohlovchi mantiqiy asoslar bor. Qolaversa¸ To‘ytepa nomi Toshkent tarixini tushunishda muhim rol tutadi. Buni Nurafshonga aylantirish kimning xayoliga¸ nimaga keldi¸ tushunmay turibman. Kimgadir Nurafshon so‘zi yoqar ekan¸ yangi joylarga qo‘ysin bu nomni¸ hech kimning e’tirozi yo‘q. Lekin¸ xalqni o‘z tarixidan uzoqlashtirishning kimga¸ nimaga keragi bo‘lib qoldi¸ men ham bilmayapman”¸ deydi OzodNazar mehmoni bo‘lgan tilshunos olim.

Suhbat davomida Baxtiyor Isabekov¸ kiril-lotin tortishuvi¸ qolaversa¸ O‘zbekiston ta’limi sohasida qilinishi lozim islohotlarga ham munosabat bildirdi.

"Тўйтепани Нурафшонга айлантириш - халқни ўз тарихидан узоқлаштириш!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:08 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG