Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 12:07

Keksa kosiblarni o‘z do‘konidan haydab solgan militsiya boshlig‘i "intizomiy jazo" bilan qutuldi


Andijonlik 72 yashar kosib Qobiljon Ismoilov
Andijonlik 72 yashar kosib Qobiljon Ismoilov

Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi 72 yashar kosib Qobiljon Ismoilovning aytishicha¸ tuman militsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘zini haqorat qilib, bozordagi xususiy do‘konidan haydab chiqargan. Bu haqorat yuzasidan Toshkentga qilingan sanoqsiz shikoyatlar natijasiz qolgan - militsiya mutasaddisi hamon o‘z lavozimida qolmoqda¸ do‘kon egasiga qaytarilmagan.

Shahrixon tuman markazidagi Mustaqillik ko‘chasida istiqomat qiluvchi 72 yashar Qobiljon Ismoilovning aytishicha, uning bozordagi kosibchilik mollari bilan savdo qiluvchi do‘koni, tuman militsiya boshlig‘i o‘rinbosari vositasida zo‘rlik bilan tortib olingan:

- Bizning dehqon bozori bu yil buzildi. 2012 yilda, yangi bozor qurilayotgan paytda 20 million so‘mga do‘kon sotib olgan edim. Shu yangi joyimni 8 iyun kuni ochaman deb borsam, Shahrixon tumani militsiya boshlig‘i o‘rinbosari, jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Tohir Abdujalilov xodimlari bilan turgan ekan. U: “Sen do‘koningni ochmaysan, uni eski bozordan kelgan mana bu ayollarga beramiz", dedi. “Ie, bu qanaqasi bo‘ldi, buni men 2012 yilda sotib olganman, bu xususiy mulkim”, desam, meni senlab, “Agar sening soqoling bo‘lmaganda edi, hozir podvalga tiqib yuborardim”, dedi, deydi kosib.

Кекса косибларни ўз дўконидан ҳайдаб солган милиция бошлиғи "интизомий жазо" билан қутулди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Qobiljon Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng militsiya rahbari o‘z xodimlariga uni ko‘chaga olib chiqib tashlashni buyurgan:

- Uning bu gapidan keyin, “Sen nimaga ko‘pchilikning oldida meni haqorat qilayapsan, nega zo‘ravonlik qilayapsan, axir prezidentimiz keksalarni hursand qilgin¸ deb aytganku", desam, xodimlariga buyurib, qo‘limdan sudrab, tortqilab, ko‘chaga chiqarib qo‘yishdi. O‘sha kuni uyga kelib rosa alam qildi, qornimga emas, qadrim uchun rosa yig‘ladim, deydi Qobiljon Ismoilov.

Kosibning aytishicha, uning do‘konini zo‘rlik bilan tortib olib, boshqa savdogarlarga bergan militsiya zobiti o‘z hatti-harakatlarining qaysi qonuniy asosda bo‘layotganini izohlovchi biror hujjat ko‘rsatmagan.

Eski dehqon bozorida tadbirkorlik qilayotgan 55 yashar Abdullajon Ibragimov ham 8 iyun kuni militsiyaning zo‘ravonligiga duch kelganini aytadi:

Shahrixonlik tadbirkor Abdullajon Ibragimov
Shahrixonlik tadbirkor Abdullajon Ibragimov

- Eski bozorda salqin ichimliklar sotadigan do‘konim bor edi. 8 iyun kuni 01 deb ataladigan ugolovniy rozisk boshlig‘i kelib, mening o‘g‘limni qo‘lini qayirib, olib ketmoqchi bo‘lgan. Xotinim o‘g‘limga yopishsa, uning qo‘lini siqib tashlagan. Xullas, og‘ziga kelgan so‘zlar bilan haqorat qilib, tezda do‘konni yopib ketishni buyurgan. Axir, bozordagi tadbirkorlar muammolari bilan nega jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i shug‘ullanadi? Nima biz jinoyatchimizmi, nega u zo‘ravonlik qiladi, nega mening xotinim, o‘g‘limning qo‘lini qayirtiradi? Nega qonun himoyachisining o‘zi qonunni buzadi?, deydi Abdullajon Ibragimov.

Shahrixon tumani ichki ishlar boshlig‘i o‘rinbosaridan jabr ko‘rgan bu ikki tadbirkor 21 iyun kuni Toshkentga borib, Ichki ishlar vazirligiga, Bosh Prokuraturaga va prezident devoniga shikoyat qilgan.

Ularning ikkisi shu yilning 3 avgust kuni Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i T.Razzoqovdan javob olgan. Javob maktubida Shahrixon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tohirjon Abdujalilovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, unga nisbatan “intizomiy jazo” qo‘llanilgani yozilgan.

Andijon viloyati IIBdan kelgan javob maktubi
Andijon viloyati IIBdan kelgan javob maktubi

Qobiljon Ismoilov, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, “intizomiy jazo” nima ekanligi haqida izoh olishga harakat qilganini, ammo bu savolga javob ololmaganini aytadi:

- Militsiya rahbarlaridan biri, men, qariyani haqorat qildi, kuch ishlatdi. Shaxsiy do‘konimni zo‘rlik bilan tortib oldi. Lekin “intizomiy jazo” nima degani, hech kim aytmaydi. Abdujalilov hech narsa ko‘rmagandek ishlab yuribdi. Men esa ko‘chada qoldim, deydi kosib.

Qobiljon Ismoilov so‘zlariga ko‘ra, u do‘koni tortib olinganidan so‘ng tuman prokuroriga ham murojaat qilgan:

- Prokuror, dekabrgacha sabr qilib turishimni, keyin do‘konni qaytarib olishimni aytdi, dedi kosib.

Ozodlik Shahrixon tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Tohirjon Abdujalilov bilan bog‘lanib, otaxonlarning shikoyatlariga munosabat olmoqchi bo‘ldi.

Telefonda Tohirjon Abdujalilov ekanligini tasdiqlagan shaxs, muxbirning Ozodlikdan qo‘ng‘iroq qilayotganini eshitishi bilanoq aloqani uzib qo‘ydi.

Ozodlikning takror qo‘ng‘iroqlari ham javobsiz qoldi.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi ham Ozodlik bilan gaplashishni istamay, aloqani uzib qo‘ydi.

Ozodlik joriy yilning 3 avgust kuni Shahrixondagi dehqon bozori buzilayotgani va tadbirkorlar ko‘chada qolgani haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG