Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:15

Angrenlik tadbirkor ayol yuzdan ortiq kam ta’minlangan oilaga hayitlik berdi


Angrenlik tadbirkor Habiba Abdullaeva yuzdan ortiq ehtiyojmandga xayriya qildi
Angrenlik tadbirkor Habiba Abdullaeva yuzdan ortiq ehtiyojmandga xayriya qildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida tadbirkorlik qilayotgan Habiba Abdullaeva Qurbon hayiti arafasida yuzdan ortiq kam ta’minlangan oila va nogironlarga ehson qildi.

Tadbirkor tarqatgan oziq-ovqat qopchasida go‘sht, o‘simlik moyi, shakar, guruch, sabzavot bo‘lgan.

Habiba Abdullaeva Ozodlik bilan suhbatda, har Ramazon va Qurbon hayitlarida ehtiyojmand odamlarga ana shunday yordamlar qilib kelayotganini aytdi.

"Men o‘zim sabzavot yetishtiraman, tadbirkorlik qilaman. Agar men bu odamlarga xayr qilgan bo‘lsam, menga Xudo beradi", dedi.

Tadbirkor bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Ангренлик тадбиркор аёл юздан ортиқ кам таъминланган оилага ҳайитлик берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:09 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG