Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:26

OzodMikrofon: “Erimni o‘ldirganlar jazodan qutulib qolmoqchi”


Qashqadaryo viloyat, Koson tumaninidagi Rahim So‘fi qishlog‘idan OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilgan Ozoda Siddiqova traktorchi bo‘lib ishlaydigan 25 yashar erini bir guruh shaxslar urib o‘ldirganini iddao qildi.

Ozodaning iddaosicha, shaxslari aniq bo‘lgan odamlar erini vrachlarga “yurak hurujidan o‘lgan”, deb rasmiylashtirtirib, jazodan qutulib qolmoqchi.

“Bizning talabimiz bilan erim jasadi eksgumatsiya qilindi, biroq uning natijasini ham bizga berishmayapti. Bizni, oddiy kambag‘allarni, hech kim eshitmayapti, hammasini pul bilan yopib yuborishyapti”, deb iddao qiladi Ozoda Siddiqova.

OzodMikrofon: “Эримни ўлдирганлар жазодан қутулиб қолмоқчи”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:45 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG