Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:25

Facebook: Rossiya kompaniyasi AQSh saylovchilarini nishonga olgan reklamalarni sotib olgan


Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i AQSh tergovchilariga yaqinda aniqlangan bir ma’lumotni yetkazdi. Unga ko‘ra, tarmoq 2016 yili bo‘lib o‘tgan prezident saylovi kampaniyasi vaqtida AQShlik saylovchilarni nishonga olgan Rossiyadagi shirkatga o‘zi bilmagan holda reklama sotgan.

Ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik masalalari bo‘yicha direktor Aleks Stamos 6 sentabr kungi maqolasida shu haqda xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, tarmoq rahbariyati Rossiyaning prezident sayloviga aralashishga uringani yuzasidan surishtiruv o‘tkazayotgan Kongress va Adliya vazirligi tergovchilari bilan hamkorlik

“Vashington Post” gazetasining ayni masaladan xabari bor kishilarga tayanib ma’lum etishicha, Feysbuk Kreml topshirig‘iga ko‘ra targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan shug‘ullanib kelayotgan “troll firmasi”ga 100 ming dollarlik reklama sotgan.

Rossiya kompaniyasi aksariyat reklamalarni 470 ta “soxta akkaunt”ni targ‘ib qilish uchun joylashtirgan. Ular veb-sahifalarda immigratsiya, qurol olib yurish huquqi, irq va geylarning huquqlari kabi mavzular bo‘yicha o‘zaro qarama-qarshi fikrlarni yoyish uchun istifoda etilgan.

Stamosning fikricha, reklamalar 2015 yil yozida joylashtirilgan. Ularda kamdan-kam hollarda Respublikachilar va Demokratlar partiyalaridan prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Hillari Klinton nomi uchraydi. Reklamalar 2016 yil saylov kampaniyasi vaqtidan ko‘ra, 2015 yilda ko‘proq berilgan.

– Aksariyat reklamalarda AQShdagi prezident saylovi, ovoz berish mavzusi yoxud u yoki bu nomzod ismi bevosita uchramaydi, – dedi u. – Ular mafkuraga daxldor hamda ijtimoiy hayot va siyosatga oid gaplarni ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, noan’anaviy jinsiy aloqaga moyil kishilaru irqiy masalalardan tortib, immigratsiya va qurol olib yurish huquqi singari masalalarni qamrab olgan.

Feysbuk reklama sotib olgan “nomaqbul” akkauntlar faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, dedi Stamos. Bundan tashqari, joriy yilda saylov bo‘lib o‘tgan yoki bo‘layotgan Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlardagi “soxta akkauntlar”ga ham qarshi kurash boshladi.

– Endi biz Feysbukda soxta xabarlar tarqatish yo‘li bilan reklama qiladigan sahifalarni yopib tashlaymiz, – dedi u.

AQShdagi siyosat kuzatuvchilarining noyabr saylovidan so‘ng fikr bildirishicha, Feysbuk sahifalarida tarqatilgan reklama va soxta xabarlar saylovchilarning ikkilanishiga sabab bo‘lgan. Dekabr oyiga kelib, Feysbuk ilk marta bunday soxta maqolalarni aniqlash va ildizini quritishga kirishishdi.

Vashington shtati universitetining professori Mayk Kofild o‘tkazgan tadqiqot natijalarida qayd etilishicha, AQShdagi Feysbuk foydalanuvchilariga mo‘ljallab, go‘yo Rim papasi Fransisk Donald Trampni qo‘llayotgani, uning raqibi Hillari Klinton ishini tergov qilayotgan FTB xodimi o‘lik holda topilgani xususida soxta xabarlar tarqatilgan.

Yasha shunisi qiziqki, FTB xodimini o‘lgani haqidagi xabar o‘sha paytda chop etilgan gazeta xabarlaridan 1000 marta ko‘p repost qilingan.

XS
SM
MD
LG