Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:33

Bangkokdan Toshkentga uchgan avialayner ortga qaytishga majbur bo‘ldi


O‘zbekiston havo yo‘llariga qarashli yo‘lovchi samolyot
O‘zbekiston havo yo‘llariga qarashli yo‘lovchi samolyot

Bangkokdan Toshkentga parvoz qilgan "O‘zbekiston Havo Yo‘llari" avikompaniyasiga qarashli Boing 767-400 rusumli yo‘lovchi uchog‘i Bangkok aerortiga qayta qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Bangkokdagi aviakompaniya xodimining Ozodlikka aytishicha, 5 sentabr kuni HY534 yo‘nalishida Toshkentga uchgan yo‘lovchi samoyoloti nosoz bo‘lgani tufayli kema kapitani laynerni Bangkok aeroportiga qayta qo‘ndirishga majbur bo‘lgan.

Yo‘lovchilar zudlik bilan kutish zaliga qaytarilgan.

Ortidan uchoqdagi nosozlik bartaraf etilgach, yo‘lovchilar yana uchoqqa mindirilgan, biroq avialaynerda nosozlik borligi ikkinchi bor qayd etilgach, yo‘lovchilar ortga qaytarilgan.

-Uchayotganda oshibka bergan, shu. Qo‘rqinchli hech narsa yo‘q. Oshibka bersa xavfsizlik nuqtai nazardan bir yo‘lovchilarni uchoqqa chiqarolmaymiz, - dedi shirkat xodimi.

O‘sha kundan buyon 216 nafar yo‘lovchi Bangkokda qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘lovchilarning norozilik bildirayotganini ko‘rish mumkin.

"O‘zbekiston Havo Yo‘llari" shirkatining Bankokdagi xodimiga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan va oziq-ovqat bilan taminlangan.

Aviakompaniyaning Toshkentdagi markaziy idorasi hodisa yuzasidan hech qanday izoh bermayotir.

Uchoqning Toshkentga qachon parvoz qilishi noma’lum.

- Hozir muammoni hal qilishga urinyapmiz. Samolyot singan, buzilgan. Yo‘lovchilarni yarmini hozir boshqa uchoqda Kuala Lumpur orqali Toshkentga jo‘natyapmiz. Samolyotni bugun tuzatishsa bugun, bo‘lmasa seshanba kuni qolgan yo‘lovchilar uchadi, - dedi O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatining Bangkokdagi xodimi.

Lekin, uchoqning qayeri singan, buzilgan, bu haqda shirkat xodimi ma’lumot berolmasligini aytdi.

O‘tgan oy oxirida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkatiga bosh vazir o‘rinbosari va "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshliq etib tayinlangan edi.

Ro‘ziqulov “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni 2002 yildan beri boshqarib kelayotgan Valeriy Tyanning o‘rnini egallagandi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkati iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani aytiladi.

2013 yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi uchta Airbus A-310 va uchta RJ-85 rusumidagi uchqichni kim oshdi savdosiga qo‘yganini e’lon qilgan edi.

O‘shanda ixtiyorida jami 31 ta uchqich borligi aytilgan aviashirkat bunday choraga¸ mutaxassislar ta’kidicha¸ zararga ishlab kelayotgani¸ o‘z aviaparkiga texnik xizmat ko‘rsata olmay qolgani¸ lizingga olingan G‘arb samolyotlari uchun olgan ulkan qarzlarini vaqtida qaytara olmay qolgani bois¸ qo‘l urgan edi.

Ammo milliy aviashirkat o‘z moliyaviy-iqtisodiy avholining abgorligini biror marta jamoatchilik oldida e’tirof etgan emas.

XS
SM
MD
LG