Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:56

RF Mudofaa vazirligi: Gulmurod Halimov Deyr-ez-Zorada yo‘q qilindi


Gulmurod Halimov
Gulmurod Halimov

Tojikiston IIV OMONi sobiq komandiri va “Islom Davlati” (ID) guruhining “harbiy vaziri” Gulmurod Halimov Rossiya aviatsiyasi tomonidan terrorchilarning Deyr-ez-Zora qo‘mondonlik punktiga berilgan zarba natijasida o‘ldirilgan. Bu haqda RF Mudofaa vazirligiga tayanib Rossiya OAV xabar tarqatdi.

Xabarlarga ko‘ra, Gulmurod Halimov va yana nufuzli uch nafar dala qo‘mondoni terrorchilarning qo‘mondonlik punktida yig‘ilish o‘tkazayotgan bir vaqtda yo‘q qilingan. O‘ldirilganlar orasida moliya uchun ma’sul va ID mashq bazalariga yollangan yoshlarni olib kelish bilan shug‘ullanuvchi "Deyr-ez-Zora amiri" Abu Muhammad Ash-Shamali ham bor.

RF Mudofaa vazirligidagilarning aytishlaricha, "Yevropadagi ayrim maxsus xizmatlar Ash-Shamali 2015 yil noyabrda Parijda yuz bergan terror hodisalarining tashkilotchisi sifatida ko‘rishadi”.

Eslatib o‘tamiz, britaniyaning «Tayms» jurnali 15 aprel kuni, Gulmurod Halimov Mosulga berilgan aviazarba oqibatida yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi. «Gulmurod Halimov “jihodchilar”ning Mosuldagi pushtipanohi bo‘lib, xalqaro koalitsiyaga qarshi avtomobillarni portlatishlarni tashkillashtirardi”, - deya ta’kidlagan edi jurnalning manbasi.

Tojikistonlik “jihodchilar” Parviz Saidrahmonov (Abu Dovud) va Tojiddin Nazarov (Abu Usama Noraki) yaqinda bayonot berib, Tojikiston IIV OMON sobiq qo‘mondonining o‘limi yolg‘on ekanligini aytishgan edi. Abu Dovud ekstremistlarning tarafdorlariga murojjaat qilib Halimovning o‘limi haqidagi mish-mishlarga ishonmasliklarini so‘radi.

Polkovnik Gulmurod Halimov 2015 yilning aprelida yo‘qolib qoldi, o‘sha yilning may oyi so‘nggida Suriyada ekanligini bildirdi. O‘zining videomurojaatida Tojikiston OMONi sobiq qo‘mondoni bayonot berib, IIV o‘zining diniy erkinliklarini cheklagani, jumladan namoz o‘qishini taqiqlagani, shu sababli “Islom Davlati”ga qo‘shilishga qaror qilganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG