Линклар

Meteo France: “Irma” tarixdagi eng davomli siklonlardan biriga aylandi


Atlantika okeanida boshlangan “Irma” dovuli 33 soatdan oshiq payt davomida tezligi soatiga 295 kilometrni tashkil qiladigan shamollarni yuzaga keltirdi.

Atlantika okeanida boshlangan “Irma” dovuli 33 soatdan oshiq payt davomida tezligi soatiga 295 kilometrni tashkil qiladigan shamollarni yuzaga keltirdi. Fransiya ob-havo xizmatiga ko‘ra, bundan avval hech bir dovul bunchalik uzoq davom etmagan.

Meteo France xizmati xodimi Etyen Kapikyan 1970 yillar boshida boshlangan “sun’iy yo‘ldoshlar zamonida bunchalik kuchli, bunchalik davomli dovul hecham kuzatilmagan edi”, dedi.

“Va u davom etmoqda”, deya so‘zini davom ettirdi Kapikyan.

“Irma” Bagama orollariga yetib borgunicha 5- kategoriyadagi dovulga aylanishi kutilmoqda.

5- kategoriya eng yuqori kategoriya bo‘lib, bunday dovullar tezligi soatiga 252 kilometrdan ko‘pni tashkil qiladigan shamollarni keltirib chiqaradi.

O‘z yo‘lidagi kichik orollarni vayron qilayotgan “Irma” 2013 yili “Hayyan” dovuli o‘rnatgan rekorddan o‘zib ketdi. “Hayyan” ham tezligi soatiga 300 kilometrga yaqin shamollarni keltirib chiqargan edi. Ammo ular 24 soat davom etgan xolos.

Xalqaro Qizil Xoch tashkilotining bildirishicha, “Irma” dovulidan shu kungacha Karib basseynida 1 million 200 ming odam jabrlandi.

Karib orollarida dovul oqibatida kamida 13 odam halok bo‘lgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG