Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:43

Leo Bokeriya Islom Karimovni davolash uchun Toshkentga kelganini esladi


“O‘tgan yili menga kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilishdi va Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berishdi. Bu tiniq osmonda yuz bergan momaqaldiroq kabi bo‘ldi. Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi, vaziyat aslida boshidan shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bu kutilmaganda yuz bergan dard edi, u, odatda, bu holatda nima bilan yakun topgan bo‘lsa, shunday tugaydi”, degan rossiyalik taniqli vrach Leo Bokeriya.

Bakulev nomli yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriyaning Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarini «Jahon» axborot agentligi e’lon qildi.

Islom Karimov to‘g‘risidagi xotralarini o‘rtoqlashar ekan, Leo Bokeriya Toshkentga 2016 yil avgustining aynan qaysi kuni kelganini ochiqlamagan.

Rossiyalik vrach bundan bir yil muqaddam avgustning so‘nggi kunlarida Islom Karimovni davolash uchun Toshkentga safar qilganini rad etgan edi.

Quyida Ozodlikning 2016 yil, 31 avgust kungi xabarini to‘liq keltiramiz:

Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasida Rossiya Federatsiyasi prezident Islom Karimovga tibbiy yordam ko‘rsatishi mumkin edi. Lekin bu haqda Toshkent Moskvaga rasman bunday so‘rov bilan murojaat qilgan emas.

Rossiya vitse-bosh vaziri Olьga Gorodetsning bu bayonotini “Interfaks” agentligi tarqatdi.

Avvalroq 27 avgustga o‘tar kechasi O‘zbekiston prezidenti "statsionar davolanish" ga yotqizilgani xabar qilingan edi. Shundan so‘ng Rossiya nashrlaridan ayrimlari Rossiyalik kardioxirurg, Moskvadagi Bakulev nomidagi yurak-qon tomir kasalliklari ilmiy markazi direktori Leo Bokeriya Islom Karimovni davolash uchun Toshkentga jo‘nab ketgani haqida xabar tarqatgan.

“Leo Bokeriya avvallari ham bir necha marta (2004 yildan boshlab) O‘zbekistonga borgan va Islom Karimov bilan uning Toshkentdagi rezidensiyasida uchrashgan. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, professor Bokeriya O‘zbekiston prezidentining kasallik tarixi bilan yaxshi tanish”, deb yozdi Fergana axborot agentligi 28 avgust kuni.

Leo Bokeriyaning o‘zi ham O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni davolashda ishtirok etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda yakshanba kuni Interfaks agentligi xabar berdi.

“Men hozircha bundan bexabarman.Agar taklif qilishgan bo‘lsa, menga aytsalar kerak”, dedi Bokeriya.

Oradan 2 kun o‘tib, Islom Karimovning vafot etgani rasman e’lon qilingan va hukumat bayonotida Birinchi prezidentni davolashga Leo Bokeriya ham kelgani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG