Линклар

Kun.uz sayti Tez tibbiy yordam vrachining kaltaklangani to‘g‘risida yozdi. Saytning 12 sentabrda e’lon qilingan materialida aytilishicha, 10 sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani 5-bo‘lim Tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Zafar Qayumov ushbu tumandagi Qorasuv 4-mavzesi 1-uy, 9-xonadonga kasal ko‘rishga borgan.

Vrach og‘rib yotgan bolani ko‘rayotgan paytda unga bemorning otasi Abdumalik Karimov tashlanib, kaltaklagan.

«Sen bolamga qaramoqchi emassan, bilmaysan davolashni» qabilidagi iddaolar bilan Zafarning o‘ng ko‘ziga musht tushirdi. Gandiraklab yerga qulagan savlat borib tibbiy qutiga urildi. O‘zining ahvoli nochorligiga qaramay, bemorga beg‘araz yordam ko‘rsatmoqchi bo‘layotgan shifokor xonadon egalarining ming malomat va so‘kinishlari ostida ishini davom ettirgan. Dag‘dag‘a va behayo so‘zlarga parvo qilmay, menga ishlash uchun imkoniyat berasizmi, deb yalinishni boshlaydi...”, deb yozdi sayt.

Aytilishicha, ayni paytda shifokor Zafar Qayumov Respublika Neyroxirurgiya ilmiy markazida davolanmoqda. U shifoxonaga yetkazilganda, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona yumshoq to‘qimalarining lat eyishi, ko‘z kosasi gematomasi, subkonyuktival o‘ng tomon ko‘zga qon quyilishi tashxisi qo‘yilgan.

Kun.uz muallifi o‘z materialini mana bunday so‘zlar bilan yakunlagan:

“Kun oxirlab borar payti, yo‘lda o‘ylanib qoldim, barcha ko‘rgilik va sitamning bahosi 700 ming so‘m maoshmi? Aslo, axir, shifokorlar orasida mana shunday xalq manfaati uchun har qanday qiyinchiliklarga chidab kelayotganlar bor-ku? Uni do‘pposlab turgan bemorlar masalasini esa huquq-tartibot organ xodimlari tegishlicha o‘rganib chiqadi, degan umiddamiz”.

XS
SM
MD
LG