Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:52

Ostonada Suriya bo‘yicha tinchlik muzokaralarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tmoqda


Suriya bo‘yicha tinchlik muzokaralarining beshinchi raundi Ostona shahrida 2017 yilning 5 iyulida bo‘lib o‘tgan edi.
Suriya bo‘yicha tinchlik muzokaralarining beshinchi raundi Ostona shahrida 2017 yilning 5 iyulida bo‘lib o‘tgan edi.

Ostonada Rossiya, Eron va Turkiya ishtirokida Suriya bo‘yicha tinchlik muzokaralarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tmoqda. Ostonadagi uchrashuvda Eron delegatsiyasining ishtirokiga qarshi chiqqan AQSh vakillari ham Qozog‘iston poytaxtiga yetib keldi.

AQSh Suriyada tinchlikning qaror topishida Eronning “kafillik” rolidan xavotir olmoqda.

Bu muzokarolar BMT rahbarligida Jenevadagi muzokaralardan alohida o‘tkazilmoqda. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi xabarlariga ko‘ra, ekspertlar keskinlikni yumshatish deb nomlanmish hududlarga Rossiya, Eron va Turkiya qurolli kuchlarini joylashtirish masalasida maslahatlashuvlar olib bormoqda. Muzokaralar keskinlikni yumshatish hududlaridagi amaliyotlarni muvoffiqlashtirish va Turkiya bilan chegaradagi Idlib viloyatida nazorat guruhlarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

RF vakillarning aytishicha, Moskva Idlib viloyatiga o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qiluvchi harbiy politsiya kuchlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Rossiya delegatsiyasidagi manbaga tayanib TASSning xabar qilishicha, Rossiya va AQSh Ostonada Suriya bo‘yicha muzokoralar doirasida ikki tomonlama maslahatlashuvlarni ham olib boradi.

Ostonadagi muzokaralarda Rossiya nomidan prezidentning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev, AQSh nomidan esa davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Devid Satterfild ishtirok etmoqda. Bundan avval Rossiya vakillarining Ostonadagi muzokoralarda ishtirok etayotgan BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev 14 sentabr kuni Ostonada jurnalistlar bilan uchrashuvida Suriyadagi keskinlikni yumshatish hududlariga Qozog‘istoning tinchlikni saqlovchi kuchlarini yuborish talablari to‘g‘risida ham aytdi. Bu haqda mahalliy axborotagentliklari xabar tarqatdi.

Nazarboevning so‘zlariga qaraganda, Suriyaga harbiylarni yuborish masalasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu kabi kuchlarni yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan keyingina Qozog‘iston bu masalani ko‘rib chiqadi.

«Keskinlikni yumshatish masalasida bizga shu kabi savol berildi. Birinchidan, Konstitutsiyamizga ko‘ra, biz “qaynoq nuqtalar”ga parlament qaroridan keyingigna harbiylarni yubora olamiz. Ikkinchidan, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Nizomiga ko‘ra, bu kabi kuchlar tarkibida ishtirok etish ko‘zda tutilmagan. Biroq BMT tinchlikni saqlovchi kuchlarni yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgudek bo‘lsa, u hoda biz BMT a’zosi bo‘lganimiz sabab, harbiylarimizni u yerga jo‘natishimiz mumkin», — dedi Nazarboev.

O‘z so‘ziga qo‘shimcha qilgan Nazarboev, Qozog‘iston masala tinch yo‘llar bilan hal qilinishi tarafdori ekanligini eslatib o‘tdi. «Mening fikrimcha, tinchlikka ancha yo‘l bosish kerak, biroq har bir davlat imkon qadar tinchlikka hissa qo‘shishi kerak, biz qo‘limizdan kelayotgan ishlarni qilayapmiz, bu faoliyatimizni davom etirrishimiz kerak», — dedi Nazarboev.

Nazarboevning bu bayonoti Ostonada Suriya bo‘yicha boshlangan muzokoralarning yangi raundi jarayonida berildi. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, muzokoralarda keskinlikni yumshatish hududlaridagi kuchlarning faoliyati va Suriyaning Idlib viloyatidagi nazorat kuchlarining tarkibi muhokama qilinadi.

XS
SM
MD
LG