Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:45

“O‘zbekneftgaz” ishchilarga 1 xil ish uchun 2 xil haq to‘lamoqda”


Ozodlikka kelgan xatlardan biri muallifi“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga qarashli AYoQShlarning bir qismi Chinobod, ikkinchi qismi Kuchlik neft bazasi bilan ishlashi, kompaniya uchun “chinobodchilar” o‘gay, “kuchlikchilar” – o‘z ekanligini iddao qiladi. Xat muallifini bunday adolatsizlikning sababi nimadaligi qiziqtiradi. Savoliga Prezidentning virtual qabulxonasidan ham javob topa olmagan zapravkachining xatini e’tiboringizga havola qilayapmiz.

***

“O‘zgazoyl” shirkati zapravkasida 10 yildan beri ishlayman. 2017 yil fevralidan boshlab “O‘zgazoyl” yopilib ketdi. “O‘zbekneftgaz” korxonasiga o‘tdik. 5-6 oydan beri shu korxona bilan ishlayapmiz. Nafaqat meni, balki boshqa AYoQShlarniyam qiynab kelayotgan bir muammo bor.

Gap shundaki, “O‘zgazoyl”dan “O‘zbekneftgaz”ga o‘tayotganimizda hamma narsa avvalgiday bo‘ladi, hech narsa o‘zgarmaydi, qanday ishlagan bo‘lsanlaring, shunday ishlayverasizlar deyishgandi. Lekin oyliklar pasayib ketdi. Bu hech kimga sir emas.

“O‘zgazoyl”dan “O‘zbekneftgaz”ga o‘tganimizdan keyin Toshkentdagi AYoQShlarning yarmidan ko‘pi Chinobod neft bazasiga qarasa, qolganlari Kuchlik neft bazasiga qaraydigan bo‘ldi. Masalan? men ishlaydigan AYoQSh Chinobod neft bazasiga qaraydi.

Chinobodga qarovchi AYoQShlar ishchilariga kamayib ketgan oylikdan boshqa hech narsa yo‘q. Ilgarigiday mukofot pullari, kvartal pullari bermay qo‘yishdi.

Lekin Kuchlik neft bazasiga qaraydigan AYoQShlarda qo‘shimcha to‘lovlar bor. Misol uchun, G‘alaba bayramiga 500 ming so‘mdan, Ramazon hayitiga 600 mingdan, sentabr arafasida har bir farzand uchun 200 ming so‘mdan, kuni kecha esa, 2 marta 500 mingdan 2- darajali, 3- darajali operatorlarga berishdi. Bu oylikdan tashqari pullar.

Chinobod neft bazasiga qaraydigan AYoQShlarda esa, buning aksi bo‘layapti. 6 oydan beri bir martagina – Ramazon hayitida 300 ming so‘mdan premiya berishdi. Boshqa hech narsa olganimiz yo‘q.

Biz hayronmiz: axir bitta korxonada ishlayotgan bo‘lsak, faqat bazalarimiz boshqa bo‘lsa, nima uchun bunday ikki xil munosabat?

Buxgalteriyamizdan so‘rasak, qarzimiz bor, rahbarlar hal qiladi, deb, telefonni qo‘yib qo‘yishadi.

Bu masala kamida 30 ta AYoQSh ishchilarini qiynab kelayotgan masala. Portalgayam yozdik. Lekin natija yo‘q.

XS
SM
MD
LG