Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 07:24

Andijon viloyat hokimi 16 sentabr, shanba kuni kechqurun o‘tkazgan selektor yig‘ilishida har bir imomga namozxonlar va mahalla ahlidan 10-15 kishilik terimchilar guruhi tuzish vazifasi yuklatildi.

Chinozlik maktab direktorining aytishicha, hasharchilarni uyushtirish bilan Yoshlar ittifoqining maktabdagi vakili shug‘ullanmoqda.

Ayni paytda, farg‘onalik fermerning fikricha, agar terim uchun terimchi rozi bo‘lguday haq to‘lansa, hosilni yig‘ib olish uchun ommaviy safarbarlik e’lon qilishning hojati yo‘q.

Ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlikka xabar qilgan izboskanlik imomning aytishicha, shanba oqshom soat 7 da boshlanib, kechqurun 11 ga yaqin tugagan selektor yig‘ilishiga imomlar, otinoyilar, diniy maslahatchilar, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va boshqa faollar qatnashgan.

Imomlarning qo‘shimcha vazifasi

Yig‘ilishda, asosan, paxta terimiga hasharchi chiqarishni uyushtirish masalasi ustida gap borgan. Har bir imomga dam olish kunlari paxtaga odam chiqarishni uyushtirish, kamida 10 - 15 kishilik hasharchilar guruhlari tuzish topshirilgan.

“Biroq, mana dushanba, men hech kimni paxtaga chiqishga targ‘ib qilganim yo‘q, mendan ham birov hisobot talab qilmadi”, dedi imom.

Bu yilgi paxta mavsumining o‘tgan yilgidan farqi to‘g‘risida imom bunday dedi:

“O‘tgan yili, xabaringiz bor, musibat bo‘lib (Islom Karimovning o‘limini nazarda tutmoqda – tahr.) biz bilan birovning ishi bo‘lmadi. Lekin undan oldingi yillarda rosa odam opchiqqanmiz paxtaga”.

Andijon viloyat hokimligi mulozimi 17 sentabr kungi selektor yig‘ilishiga oid savolni eshitgach, hech qanday javob bermay, telefonni qo‘yib qo‘ydi.

Ozodlikka ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan xabarlarga qaraganda, paxta terimiga hasharchi uyushtirish ishiga imomlarni jalb etish boshqa viloyatlarda ham kuzatilmoqda.

Masalan, Buxorodan kelgan noma mana bunday boshlanadi:

"Buxoroda diniy masalalar buyicha zam hokim imomlarga masjidlardan paxtaga odam chiqarasan deb topshiriq berdi. Uzi oxirgi vaqtlarda hamma ish imomlarga. Mahallada imom maruza qilishi kerak. Maktabda-imom , kollejlarda-imom, davlat tashkilotlarga-imom. Maruza qilishi kerak .Qaysi bir ishni qilishga hayron imom..."

Yoshlar ittifoqi vakili - hasharchilar sardori

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi maktablardan biri direktorining Ozodlikka aytishicha, shu kunda maktabning bir o‘qituvchisi paxta terimiga yotoqqa ketgan.

“Aslida, yotoq bilan terishga ikki o‘qituvchi berishimiz kerak edi. Bundan tashqari¸ maktabning texnik xodimlariyam paxta terayapti. Boshqa o‘qituvchilar hozircha terimga jalb etilmadi”, dedi ismi aytilmasligini so‘ragan maktab direktori.

Uning aytishicha, shu kunda paxtaga odam chiqarishni uyushtirish, asosan, Yoshlar ittifoqining maktabdagi vakili zimmasiga yuklatilgan.

“Kamolot” tashkiloti o‘rniga yaqinda ta’sis etilgan Yoshlar ittifoqi vakili, direktorning aytishicha, maktabdagi Yetakchi (Sovetcha “Vojatiy”) o‘rnini egallagan. Ham Yetakchi, ham ikkita to‘garak boshlig‘ining ish o‘rni hisobiga ochilgan lavozimni egallagan Yoshlar ittifoqi vakili qariyb 1 mln so‘m maosh olmoqda. Shunga yarasha unga yuklatilgan vazifa ham oson emas.

“Har bir maktabning Yoshlar ittifoqi vakiliga paxta terimiga o‘zi bilan birga 20 kishi olib chiqish vazifasi yuklatilgan. Qaerdan oladi u buncha odamni? Tabiiy¸ mahallaga chiqib, odamlarni tashviqot qilayapti”, dedi maktab direktori.

Fermer: Ish haqi yaxshi to‘lansa, hashar uyushtirishga hojat qolmaydi

Farg‘onalik fermer Ochil Begmatov (Furqat tumani) o‘z ixtiyoridagi dalaning 70 gektariga bu yil paxta ekkan. Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, fermer terimni boshlaganiga 5 kun bo‘lgan¸ 5 kundan buyon kuniga 5 – 6 tonnadan paxta topshirayapti.

Ochil Begmatovning 70 gektar dalasidagi paxtani 80 kishi termoqda. 80 terimchining 30 nafari o‘z ishchisi, qolgan 50 kishi ishchilarining oila a’zolari.

“Ular o‘z ixtiyori bilan chiqayapti terimga, chunki tergan paxtasining har kilosiga 410 so‘mdan to‘lanayapti. Shuning uchun, pulga qiziqib terishayapti”, dedi Ochil Begmatov.

XS
SM
MD
LG