Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:47

Qurultoy: Chet eldagi o‘zbeklar Mirziyoev taklifidan keyin vataniga qaytadimi?


Uzbek banner - Round-table
Uzbek banner - Round-table

20 sentabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev AQShda istiqomat qilayotgan 18 nafar o‘zbekistonlik bilan bir soatdan ortiq muloqot qildi. Muloqotda qatnashganlardan ayrimlari bu muloqotni ijobiy baholagan bo‘lsa¸ " Amerika ovozi" muxbiri Navbahor Imomova Nyu-York tashrif mobaynida O‘zbekiston prezidentining muxbirlardan uzoq tutilganini "so‘z erkinligidan qo‘rqish" alomati sifatida talqin etdi.​

Ozodlikning "Qurultoy" davra suhbatida qatnashgan Imomovaga ko‘ra¸ so‘z erkinligidan qo‘rqadigan rahbarning va’dalariga ishonish qiyin.

AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Gulnoza Said esa prezident bilan uchrasha olmagan vatandoshlardan biri ekanligini aytadi.

Қурултой: Чет элдаги ўзбеклар Мирзиëевнинг қайтиш таклифини қандай қабул қилди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:52:16 0:00
Бевосита линк

AQShda istiqomat qilayotgan Suhrob Ismoilov va Shuhratjon Ahmadjonovlarning Mirziyoev bilan uchrashish so‘roviga ham elchilik rad javobi bergan. Ular prezidentning vatanga qaytish chaqiriqlarini "populizmdan boshqa emas"¸ deya baholashdi.

Amerikada yashaydigan siyosatshunos Farhod Abdurahmon esa “mamlakatda milliy yarashuv e’lon qilinishi” zarurligini ta’kidladi:

- Vatandoshlarning mamlakatga qaytishlari uchun¸ menimcha¸ birinchi navbatda Milliy yarashuv e’lon etilishi zarur. Bu avvalo siyosiy motiv bilan chiqib ketganlarga tegishlidir. Siyosiy muhojirlar vatanga qaytishlari uchun ularga har tomonlama davlat tomonidan to‘la kafolat ta’minlanishi talab qilinadi. Ularga dushman ko‘zi bilan qarash, ularni nazorat qilish kabi ishlarga chek qo‘yilishi darkor. Agarki siyosiy muhojirlar orasidan kimlardir haqiqatda davlatning zarariga qandaydir jinoiy ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa¸ buni alohida ko‘rib chiqib qaror qabul qilinsa¸ maqsadga muvofiq.

Davlat siyosiy muhojirlarni shu yurtning to‘la qonli farzandlari¸ deb qabul qilsagina haqiqiy Milliy yarashuv yuzaga keladi. Davlatimiz haqiqiy demokratik tuzum tarafdori bo‘lsa¸ bundan buyon har qanday muqobil fikrga bag‘rikenglik bilan javob berishi, oppozitsion partiyalar faoliyati uchun erkin maydon yaratishi lozimdir.

Keyingi o‘rinda intellektual salohiyatga ega bo‘lgan va ayni paytda turli davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ziyolilarni vatanga qaytarishdir. Bu masalasida davlatimiz ularning qaytishlari uchun rag‘batlantirish choralarini ko‘rsa¸ bu ish samarali bo‘ladi. Jumladan, ularning mehnatlariga haq to‘lashda boshqacha yondashish, ularni mas’uliyatli vazifalarga tayinlash, bu insonlar tomonidan bildiriladigan turli takliflarni inobatga olish kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.

Ma’lumki, mamlakatimizdan chiqib ketgan muhojirlarning katta qismini mehnat muhojirlari, ya’ni boshqacha aytadigan bo‘lsak¸ oddiy qora ish bilan xorijda yurganlar tashkil etadi. Ularning asosiy qismi Rossiyada mehnat qilishadi. Bu turga kiruvchi muhojirlarning vatanga qaytishlari alohida katta mavzudir. Toki real yangi ish o‘rinlari yaratilmasa, munosib mehnat haqi belgilanmasa, soliq stavkalari kamaytirilmasa, iqtisodiy erkinlik berilmasa, korrupsiya qisqarmasa mehnat muhojirlarini qaytarish qiyin bo‘ladi.

Qisqacha xulosa qiladigan bo‘lsak, qachonki real iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirilsa¸ ko‘tarilgan mavzu bo‘yicha yechim topiladi¸ deya ta’kidladi siyosatshunos Farhod Abdurahmon.

Eshittirish davomida prezident bilan uchrashgan 18 o‘zbekistonlikdan biri¸ huquqshunos Nodir Zokirovning "Amerika ovozi" radiosiga bergan intervyusidan parcha eshittirdik:

— Prezident «qanday takliflar bor?» deb so‘raganida, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar respublikaning hamma joyida bir xil bo‘lishini, jumladan poytaxt Toshkentda mavjud kommunal sharoitlar viloyatlarda ham bo‘lishi kerakligini aytdim. O‘zim qo‘qonlik ekanligimni aytib, Qo‘qonda qish mavsumida elektr energiyasi va gazda uzilish bo‘lishini aytganimda, Prezident kulib, gapimni bo‘lib:

«Men o‘zim Qo‘qonga kuyov hisoblanaman, u yerda shunday muammolar borligidan juda yaxshi xabardorman. O‘zim ham xijolat bo‘lib yuraman. Bu yil Qo‘qonga gaz ham elektr chirog‘i ham uzluksiz yetkaziladi»¸ dedi uchrashuvda qatnashganlardan biri Nodir Zokirov.

"Qurultoy"da bildirilgan fikrlar bilan to‘lishicha quyida tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG