Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:09

OzodDayjest:Talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytarilishi aytilmoqda


Paxta terimiga kelgan talabalar yuklarini tusharayotgan payt.
Paxta terimiga kelgan talabalar yuklarini tusharayotgan payt.

Bu haqda KUN.UZ nashri 22 sentabrga o‘tar kechasi xabar tarqatdi. Nashrning yozishicha, ishonchli manba Bosh vazir Abdulla Aripov 22 sentabr soat 17.00ga qadar paxtaga chiqarilgan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini uylariga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma bergani to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Bosh vazir bunday qarorni 21 sentabr kuni kech soat 23da o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi paytida qabul qilgan.

“Ma’lum bo‘lishicha, shoshilinch videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi mavsumi masalasi muhokama qilingan. Yig‘ilishda paxta-yig‘im terimida bo‘lgan talabalar, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda ish faoliyatiga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilgan”, deb yozdi KUN.UZ.

Nashrning bildirishicha, endilikda paxta terimiga “aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va "Fidoyi yoshlar otryadlari" jalb qilinadi”.

Ozodlik radiosi 17 sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan 575 ta "Fidoiy yoshlar" otryadi tuzilgani haqida xabar bergan edi.

​Rasmiy ma’lumotlarda "Fidoyi yoshlar" otryadlariga jami 51 ming 138 ta "uyushmagan yoshlar" qamrab olingani, ularning soni kun sayin ortib borayotgani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG